Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti
Download 1.75 Mb.
|
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. UZATKICHLARDA CHASTOTANI AVTOMATIK QAYTA SOZLASH USULLARI 4.1. Chastotani avtomatik qayta sozlashning vazifasi va tasniflanishi
- Chastotani avtomatik qayta sozlash (ChAQS
Nazorat savollari
1. YuCh va O‘YuCh generatorlarning vazifasi nimadan iborat? 2. YuCh va O‘YuCh generatorlarning tuzilish sxemasini tushuntiring. 3. Tebranish tizimi sifatida nima ishlatiladi? 4. Generatorlar qanday turlarga bo‘linadi? 5. Avtogenerator nima? 6. Mustaqil qo’zg‘atishli generatorning ishlash prinsipini tushuntiring. 7. Bipolyar tranzistordagi generatorning ishlash prinsipini tushuntiring. 8. Klistronli generatorning ishlash prinsipini tushuntiring. 9. O-turdagi yugurma to‘lqin lampasi ishlash prinsipini tushuntiring. 10. Magnetron yoki M-turli asboblar ishlash prinsipini tushuntiring. 4. UZATKICHLARDA CHASTOTANI AVTOMATIK QAYTA SOZLASH USULLARI 4.1. Chastotani avtomatik qayta sozlashning vazifasi va tasniflanishi Turli maqsadlardagi zamonaviy radiotexnik qurilmalar va radioboshqarish tizimlarida radioavtomatika (RA) tizimlari deyiladigan avtomatik tizimlar keng qo‘llaniladi. Ularga chastotani fazaviy va chastotaviy avtomatik qayta sozlash qurilmalari, kuchaytirishni avtomatik rostlash qurilmalari, harakatlanayotgan ob’ektlarning koordinatalarini o‘lchash tizimlari, masofani o‘lchagichlar, turli qidirish filtrlari va boshqalari kiradi. RA tizimlarini alohida sinfga ajratish turli halaqitlar ta’sirida radiosignalning parametrlariga ishlov berish amalga oshiriladigan radiotexnik qurilmalar va radioboshqarish tizimlari tarkibida ishlash sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan ularning o‘ziga xos xususiyatlari orqali asoslanadi. RA tizimlarining ishlash ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan radioapparaturalar va radioboshqarish tizimlarining xarakteristikalarini aniqlaydi. Chastotani avtomatik qayta sozlash tizimlari radioqabul qilish qurilmalarida, harakatlanadigan ob’ektlar tezligini o‘lchash dopler tizimlarida, signallar chastotaviy seleksiyalash qurilmalarida qo‘llanadi. Chastotani avtomatik qayta sozlash (ChAQS) bu generator elektr tebranishlarining zarur chastotasini avtomatik o‘zgartirish yoki saqlash qurilmasi yoki usuli hisoblanadi. Usul teskari aloqa zanjiridan chastotaning farqi haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha generatorning chastotasini avtomatik qo‘shimcha rostlashdan iborat. Bu bilan chastota bo‘yicha manfiy teskari aloqa amalga oshiriladi. Chastota bo‘yicha farq signali radiotexnik qurilmada berilgan chastotadagi generatorning joriy chastotasi va uni tayanch chastotasi, masalan, signalning tashuvchi chastotasi bilan taqqoslashdan foydalanish bilan olinadigan signalning turli xarakteristikalari bo‘yicha diskriminator orqali ishlab chiqariladi (4.1- rasm). Generatorning chastotasi zarur chastotadan qurilma tarkibiga kiradigan elektron komponentlar nominallarining harorat bo‘yicha dreyfi, generatorning chastotasini noaniq (masalan, diskret) o‘rnatilishi yoki dopler surilishi (sun’iy yo‘ldosh va kosmik apparatlardan signallarni qabul qilish tizimlarida) tufayli farqlanishi mumkin. K – kuchaytirgich, D – diskriminator 4.1- rasm. Varikapdan foydalanish bilan qabul qilishda chastotani avtomatik qayta sozlash sxemasi Chastotaviy diskriminator nosozlanish ishorasiga bog‘liq bo‘ladigan qutbli farq kuchlanishini olish uchun xizmat qiladi. Bu kuchlanishning qiymati nosozlanish qiymatiga proporsional bo‘ladi. Agar chastota bo‘yicha nosozlanish qiymati qamrab olish zonasidan katta bo‘lmasa, qabul qilgich geterodini chastotasini qayta sozlash amalga oshiriladi. Agar chastota bo‘yicha nosozlanish qiymati qamrab olish zonasidan katta bo‘lsa, u holda qabul qilgich geterodini chastotasini qayta sozlash amalga oshirilmaydi. Chastotaning istalgan nosozlanishlarida ChAQS tizimining ishlashi uchun geterodinning chastotasini boshqaradigan sxemaga zondlash impulslarining kelishi davrili signalni “qidirish” arrasimon kuchlanishi beriladi. Aralashtirgich chiqishidagi oraliq chastota qiymati ChAQS qamrab olish zonasiga tushadigan tarzda geterodin chastotasi o‘rnatilishi bilan boshqarish sxemasi kirishidagi kuchlanish xotirada saqlanadi va ChAQS tizimi ishlay boshlaydi. Mavjud ChAQS tizimlarini quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: a) diskriminatorning turi bo‘yicha: • chastota bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi; • faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi; b) parametr bo‘yicha: • farq chastotasini avtomatik qayta sozlash tizimi; • chatotaning absolyut qiymatini stabillash tizimi; c) boshqarish turi bo‘yicha: • elektron; • elektr; d) stabillanadigan parametrni sozlash usuli bo‘yicha: • kuzatib boruvchi; • qidiruvchi; e) chastota etaloni bo‘yicha: • aktiv etalonli (kvarsli); • passiv etalonli (rezonans tizimlar). Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling