Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti
Chastotani raqamli faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChRFAQS)
Download 1.75 Mb.
|
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Radioqabullash qurilmalarida chastotani sozlash usullari
Chastotani raqamli faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChRFAQS). ChRFAQS analog ChFAQSga o‘xshash ishlaydi, lekin to‘liq raqamli sxemalar yordamida amalga oshiriladi. KBG o‘rniga tizim soatlari yoki raqamli boshqariladigan hisoblagich-bo‘lgich ishlatiladi. ChRFAQS ishlab chiqishda va yig‘ishda oddiyroq, kuchlanish shovqinlariga kam sezgir (analog ChFAQSga qaraganda), lekin odatda u raqamli generator ishlatilganida kvantlash shovqinining mavjudligi sababli fazaviy shovqinga ega. Buning natijasida ChRFAQS yuqori chastotada ishlash yoki yuqori chastotali tayanch signallarini boshqarish uchun yaramaydi. ChRFAQS ba’zan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun ishlatiladi.
4.3. Radioqabullash qurilmalarida chastotani sozlash usullari Chastotani avtomatik qayta sozlash nobarqarorlashtiruvchi omillar ta’sir qilganida qabul qilgichning sozlanishi aniqligini ta’minlashi kerak. Geterodin fg chastotasi yoki qabul qilinadigan signal fs chastotasining tasodifiy o‘zgarishlari for = fg – fs oraliq chastotaning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun chastotani avtomatik qayta sozlash (ChAQS) masalasi for oraliq chastotani OCh trakt sozlangan chastotaga aniq mos kelishi uchun geterodinning chastotasini sozlash bilan amalga oshiriladi. ChQAS uchun O‘E o‘lchovchi element, filtr va ChR chastota rostlagichidan tashkil topgan maxsus ChQAS zanjiri kiritiladi. O‘E o‘lchovchi element Erost rostlash kuchlanishini ishlab chiqaradi. O‘E o‘lchovchi elementning turiga bog‘liq ravishda ChQAS chastota bo‘yicha va faza bo‘yicha ChQASlarga ajratiladi. ChQAS tizimida o‘lchovchi element ChQAS zanjiri chiqishidagi kuchlanish chastotasini etalon qiymatdan og‘ishini baholaydi. O‘E sifatida chastotaviy detektor ishlatiladi (4.5- rasm). Chastotaviy detektor oraliq chastotaning for0 nominal qiymatiga sozlanadi. for = for0 bo‘lganda uning chiqishidagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi. for chastota for0 chastotadan og‘ganida chastotaviy detektor (ChD) chiqishida nosozlanish qiymatiga proporsional kuchlanish hosil bo‘ladi, kuchlanishning qutbi nosozlanish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Erost rostlash kuchlanishi past chastotalar filtridan o‘tish bilan chastotani rostlagich (ChR) vazifasini bajaradigan reaktiv elementga (RE) ta’sir etadi. RE sifatida odatda geterodin konturiga ulanadigan varikap ishlatiladi. Sozlash for chastota birmuncha ruxsat etiladigan xatolikli for0 chastotaga teng bo‘lmaguncha olib boriladi. 4.5- rasm. Chastotaviy detektor Faza bo‘yicha ChQAS (4.6- rasm) geterodin va TG tayanch generatori tebranishlarining fazalarini taqqoslashga imkon beradi. Faza bo‘yicha ChQASda o‘lchovchi element sifatida FD fazaviy detektor ishlatiladi. 4.6- rasm. Fazaviy detektor Tovush chastotasi kuchaytirgichlarida asosan kuchaytirishni ravon potensiometrik rostlash qo‘llaniladi (4.7- rasm). 4.7- rasm. Kuchaytirishni rostlash Bu rostlash turi tovush balandligini rostlash deyiladi. Rostlash qarshiligi odatda detektor chiqishi va birinchi tovush chastotasi kuchaytirgichi kirishi orasiga qo‘yiladi. Potensiometrik rostlash bilan bir qatorda kuchaytirishni rostlash ko‘pincha rostlanadigan MTA yordamida amalga oshiriladi (aniqsa, videosignallarni keng polosali kuchaytirish kaskadlarida) (4.8- rasm). 4.8- rasm. Rostlanadigan MTA yordamida kuchaytirish Rrost rezistorining qarshiligi qiymatini o‘zgartirish bilan MTA chuqurligini va mos ravishda kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientini o‘zgartiramiz. Rrost rezistorning qarshiligi qiymati ortganida MTA chuqurligi ortadi, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti kamayadi va aksincha. Radiochastota va oraliq chastota kuchaytirgichlarida (4.9- rasm) MTA chuqurligini o‘zgartirish bilan kuchaytirishni rostlash Srost sig‘imni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Sig‘im rolini VD1 varikap bajaradi. Erost rostlash kuchlanishining ortishi bilan VD1 varikap kuchliroq yopiladi, uning Srost sig‘imi kamayadi, MTA chuqurligi ortdi, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti kamayadi. Ubosh qanchalik katta bo‘lsa, Ie shunchalik katta bo‘ladi va tiklik shunchalik katta bo‘ladi va Ku shunchalik katta bo‘ladi. 4.9- rasm. Radiochastota va oraliq chastota kuchaytirgichi 4.10- rasm. Bipolyar tranzistor tikligi o‘zgartiriladigan kaskad sxemasi Rostlanadigan kuchaytirish koeffitsientili zanjirning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib rostlash koeffitsienti xizmat qiladi: Masalan, qabul qilgichning sezgirligi 2 mkV, eng quvvatli radiostansiya kirishda 20 mV kuchlanishni hosil qilsa, chiqishdagi kuchlanishning ruxsat etiladigan o‘zgarishi 2 martadan katta bo‘lmasa, u holda quyidagiga ega bo‘lamiz: Odatda bitta kaskad bu rostlash chuqurligini ta’minlay olmaydi va ketma-ket ulangan bir necha kuchaytirgichlar ishlatiladi. U holda ge=g1g2…gn bo‘ladi, sxemada MA chuqurligini o‘zgartirish hisobiga Ku kuchaytirish koeffitsientini rostlash uchun maydoniy tranzistordan foydalaniladi. Stok-istok kichik kuchlanishlarida maydoniy tranzistor qarshiligi boshqarish kuchlanishiga bog‘liq o‘zgaradigan rezistor sifatida ishlaydi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling