Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Bu sxemada ham kollektor va baza ta’minoti zanjirlari ko‘rsatilmagan


Download 1.75 Mb.
bet4/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

Bu sxemada ham kollektor va baza ta’minoti zanjirlari ko‘rsatilmagan.


Tranzistorning umumiy bazali ulanishi sxemasining kirish qarshiligi sifatida tranzistorning emitter qarshiligi xizmat qiladi, shuning uchun umumiy bazali ulanishi sxemasining kirish qarshiligi kichik bo‘ladi. Uning kirish qarshiligi barcha ulanish sxemalaridan eng kichigi hisoblanadi, lekin bu sxema uchun bu kamchilik hisoblanmaydi, chunki yuqori chastotali kuchaytirgichlarning kirish qarshiligi 50 Omga teng bo‘lishi kerak.


1.6- rasm. Tranzistorni umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulanishining funksional sxemasi


Umumiy bazali sxemaning amplituda-chastotaviy xarakteristikasi barcha ulanish sxemalari ichida eng keng polosali hisoblanadi, shuning uchun u yuqori chastotali radiochastota kuchaytirgichlarida ishlatiladi. Umumiy bazali sxemaning chastotaviy xarakteristikasi tranzistorning fα (fh21b) chegaraviy kuchaytirish chastotasi bilan cheklanadi.

Umumiy kollektorli sxema

Umumiy kollektorli sxema odatda yuqori kirish qarshiligini olish uchun qo‘llanadi. Tranzistorning bunday ulanish sxemasining quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti umumiy emitterli sxemaning kuchaytirish koeffitsientiga qaraganda kichik va umumiy bazali sxemaning kuchaytirish koeffitsientiga deyarli teng bo‘ladi. Bu tranzistorning umumiy bazali ulanish sxemasi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirmasligiga bog‘liq. Bu sxemada kuchaytirish faqat tok bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi funksional sxemasi 1.7- rasmda keltirilgan.


1.7- rasmda keltirilgan sxemada kollektor va bazaning ta’minoti zanjirlari ko‘rsatilmagan. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi sxemasining kirish qarshiligi sifatida tranzistor bazasining qarshiligi (umumiy emitterli sxemadagi kabi) va kirish qayta hisoblangan emitter zanjiridagi rezistorning qarshiligi yig‘indisi xizmat qiladi, shuning uchun umumiy kollektorli ulanishi sxemasining kirish qarshiligi juda katta bo‘ladi. Uning kirish qarshiligi barcha ulanish sxemalaridan eng kattasi hisoblanadi.



1.7- rasm. Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishining funksional sxemasi


Tranzistorning umumiy kollektorli ulanishi sxemasining amplituda-chastotaviy xarakteristikasi etarlicha keng polosali hisoblanadi. lekin kuchaytirgichning o‘tkazish polosasi umumiy kollektorli ulanishi sxemasining katta kirish qarshiligini parazit sig‘imlar bilan shuntlanish tufayli jiddiy cheklanishi mumkin, shuning uchun, asosan, umumiy kollektorli ulanish sxemasi katta kirish qarshiligili bufer kuchaytirgichi sifatida qo‘llanadi. Ba’zan u yuqori chastotali generatorlar va chastota sintezatorlarining xarakteristikalariga yuklamaning ta’sirini kuchsizlantirish uchun qo‘llanadi.


1.8- rasmda UE, UK va UBli kuchaytirish kaskadlarining ishlatilish sxemalari keltirilgan.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling