Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Mobil radioaloqa tizimlarida tasniflash, qurish tamoyillari va
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2. Mobil radioaloqa tizimlarida tasniflash, qurish tamoyillari va
chastotaviy rejalashtirish Mobil radioaloqa tizimlarining tasniflanishi. Ehtiyoj yildan- yilga ortib borayotgan harakatdagi obyektlar bilan radioaloqa tizimlari shartli ravishda quyidagicha bo‘linadi: - personal radiochaqiruv tizimlari (Paging Systems); - harakatdagi radioaloqa professional (xususiy) tizimlari (PMR, PAMR); - harakatdagi sotali radioaloqa tizimlari (HSAT – Cellular Radio Systems); - simsiz telefonlar tizimi (Cordless Telephony); - ESYdan foydalaniladigan personal aloqa tizimlari. Personal mobil aloqa birinchi tizimlaridan biri deb «Multiton» personal chaqiruv tizimini hisoblash mumkin. Bu tizimda dispetcher xodimni personal qabullagich bo‘yicha chaqiradi. Akustik chaqiruvni olishi bilan xodim TLFni topadi va dispetcherga qo‘ng‘iroq qiladi. Servisning navbatdagi darajasi xodim nafaqat chaqiruvni qabul qiladi, balki individual qabullagining displeyida chaqiruvchi abonentning TLF nomerini ko‘radi, lekin u bilan faqat statsionar TLF (Paiging Systems) orqali bog‘lanish mumkin bo‘ladi. Bunday tizimning oliy darajasi tizimning ichidagi individual radiotelefondan so‘zlashuvlarni amalga oshirishga va dispetcher orqali umumiy TLF tarmog‘iga chiqish imkoniyatini beradi. Bunday tizimlar 79 bilan (PMR, PAMR) korxonalar, shifoxonalar, ishlab chiqarish komplekslari va boshqalar jihozlanadi. RMR abonentlar radio qamrab olish zonalari chegaralarini kesib o‘tganida aloqaning uzluksizligini ta’minlamaydigan xususiy harakatdagi radioaloqa tizimlari sifatida tushunadi, avtomatik roumingga ega emas, boshqa tizimlar abonentlariga mavjud aloqa xizmatlari to‘plamini, shu jumladan to‘lov masalalarini kafolatlamaydi. RMRdan farqli ravishda RAMR harakatdagi abonentlarni umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari abonentlari bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Harakatdagi tizimlarni loyihalashtirishdagi asosiy kuchlar radiotelefon xabarlarini qabul qilish yuqori yuqori halaqitbardoshligini ta’minlashga yo‘naltirildi, shuning uchun bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishildi, ular harakatdagi radioaloqani qabul qilinadigan ma’lumotlarning sifati bo‘yicha simli TLF aloqa darajasiga yaqinlashtirdi. Bu harakatdagi radioaloqaga ajratilgan chastotalar resursi radioabonentlarning ommaviy oqib kelishi tufayli tugashiga olib keldi, bu ishlab chiquvchilarni yuqori o‘tkazish qobiliyatli tizimlarni yaratish va ajratilgan chastotalar spektridan samarali foydalanish sohasida jadal tadqiqotlarni olib borishga undadi. Bu nisbatda tamoyilial yangi qurish tuzilmaga va aloqani tashkil etilishiga ega bo‘lgan, aynan ko‘plab bazaviy stansiyalar (BTS) yagona tarmoqqa birlashtiradigan sotali harakatdagi aloqa tizimlari (HSAT) eng istiqbolli deb tan olindi. Harakatlanish vaqtida abonent stansiyasi (MS) bitta BTSdan boshqasiga, uning komandalari bo‘yicha avtomatik qayta ulanish bilan “estafetali uzatiladi”, bu aloqaning uzluksizligini ta’minlaydi. HSATda ajratilgan chastotalar kanallari bir-birlaridan zarur himoya masofasiga ajratilgan yacheykalarda abonentlar orqali ko‘p karrali ishlatiladi. Bunday qurish tamoyilida aktiv chastotalar kanallari soni ortadi, bu yuqori o‘tkazish qobiliyatini va chastotalar spektridan yanada samarali foydalanishni (Cellular Radio Systems) ta’minlaydi Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling