Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari. Radiotelefon 
aloqasi va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini taqdim etishga 
mo‘ljallangan SYATlarning tasniflanishi asosiga quyidagi belgilar 
qo‘yilgan:
- Ishlatiladigan orbitalar turi. Bu belgi bo‘yicha barcha 
SYATlar geostatsionar orbitadagi (GEO) va nogeostatsionar 
orbitadagi kosmik apparatlar (KA) ikkita tizimlarga bo‘linadi. O‘z 
navbatida, nogeostatsionar orbitalar past orbitali (LEO), o‘rta orbitali 
(MEO) va elliptik (HEO) orbitalarga bo‘linadi. Bundan tashqari, past 
orbitali aloqa tizimlari ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari bo‘yicha little 
LEO asosidagi ma’lumotlarni uzatish tizimlari, big LEO radiotelefon 
tizimlari va mega LEO keng polosali aloqa tizimlariga (adabiyotlarda 
Super LEO belgilash ham ishlatiladi) bo‘linadi. 
-Tizimning xizmatga tegishliligi. Radio aloqa Reglamentiga 
muvofiq uchta asosiy xizmatlarga ajratiladi: 
– qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa (QESYA) – bir yoki bir 
necha sun’iy yo‘ldoshlar ishlatilganida ma’lum qayd etilgan 
punktlarda joylashgan ESlar orasidagi radioaloqa xizmati; 
– harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli xizmat – bir yoki bir necha 
sun’iy yo‘ldoshlar qatnashadigan ESlar orasidagi radioaloqa xizmati; 
– radioeshittirish sun’iy yo‘ldoshli xizmati (RESYX) – sun’iy 
yo‘ldoshli retranslyatorlar signallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi qabul 
qilishi uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunda abonentlar 
sifatili nisbatan oddiy va uncha qimmat bo‘lmagan qurilmalarga ham 
individual, ham jamoaviy qabul qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblanadi. 
-Tizimning maqomi (statusi). Tizimning vazifasi, xizmat 
ko‘rsatiladigan hududni qamrab olish darajasi, yer usti 
stansiyalarining joylashtirilishi va tegishliligiga bog‘liq. SYATning 
maqomiga bog‘liq ravishda xalqaro (global va hududiy), milliy va 
idoraviy SYATlarga bo‘lish mumkin. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling