Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Past aylanishli. Ekvator tekisligiga nisbatan orbita tekisligining 
og‘ishi qiymatiga bog‘liq ravishda pastki ekvatorial (og‘ish 0
o
), qutbiy 
(og‘ish 90
o
) va og‘ma orbitalarga bo‘linadi. Kichik og‘ishli va qutbiy 
orbitalarli tizimlar 30 yildan beri mavjud va asosan ilmiy-tadqiqotlar 
maqsadlari, masofadan zondlash, navigatsiya, metrologik kuzatishlar, 
Yer sirtini sur’atga olish uchun qo‘llaniladi. Mobil va personal aloqani 
tashkil etish uchun bu tizimlar faqat so‘nggi 5-7 yillarda 
ishlatilmoqda. Bugungi kunda 700—1500 km balandliklardagi kichik 
og‘ishli va qutbiy orbitalarli, shuningdek 2 ming km balandlikdagi 
pastki ekvatorial orbitalar jadal o‘zlashtirilmoqda. 
Past orbitalardagi sun’iy yo‘ldoshlar boshqa KAlarga qaraganda 
energetik xarakteristikalar bo‘yicha sezilarli ustunliklarga ega, lekin 
ularga aloqa seanslarining davomiyligi va KAning aktiv bo‘lishi vaqti 
Geomagnit o’q 
Аylanish davri 
Geomagnit 
ekvator 
G
eog
rafik o’q
 


138 
bo‘yicha yutqazadi. KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish 
zonasida bo‘lishi davomiyligi maksimal vaqti 10-15 minutdan 
oshmaydi. 
Elliptik aylanishli. Elliptik orbitaning turini xarakterlaydigan 
asosiy parametrlar yo‘ldoshning Yer atrofida aylanib chiqish davri va 
ekssentrisitetligi (orbitaning elliptiklik ko‘rsatkichi) hisoblanadi
(3.7- rasm). 
 
3.7- rasm. ESY elliptik orbitasi 
Elliptik orbitadagi yo‘ldoshlar uchun ularning apogeyidagi 
tezligi perigeyidagi tezligidan sezilarli kam bo‘ladi. Demak, KA 
ma’lum region ko‘rinish zonasida orbitasi aylanali bo‘lgan yo‘ldoshga 
qaraganda ko‘proq vaqt davomida bo‘ladi.
Orbitaga chiqarilgan "Molniya" (apogeyi 40 ming km, perigeyi 
460 km, og‘ishi 63,5
o
) KA 8-10 soatlar davomiyligidagi aloqa 


139 
seanslarini ta’minlaydi, binobarin, atigi uchta sun’iy yo‘ldoshlardan 
iborat tizim global sutkali aloqani ta’minlaydi. 
Elliptik 
orbitalardagi 
KAli 
tizimlar 
ham 
“tabiiy” 
cheklanishlardan mahrum emas. Elliptik orbitada KAning joylashish 
o‘rnini doimiyligi faqat orbitaning ekvatorga ikkita 63,4
o
va 116,6

og‘ishlari qiymatlarida ta’minlanadi. Bu Yer gravitatsion 
maydonining bir jinlimasliklarini ta’siri bilan tushuntiriladi, u tufayli 
elliptik orbitaning katta o‘qi aylantiruvchi momentga uchraydi, bu 
apogeydagi 
sun’iy yo‘ldosh ostidagi nuqtaning kengligini 
tebranishlariga olib keladi. Elliptik orbitalarning parametrlarini 
tanlashga ta’sir qiladigan boshqa omil Van-Allen radiatsion 
tasmalarining xavfli ta’sirlarini hisobga olish zaruratiga bog‘liq, ular 
KAni orbita bo‘yicha o‘z harakatlanish vaqtida oldin olib 
bo‘lmaydigan kesib o‘tadi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling