Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
Harakatdagi SYA. HSYA tizimlari 30 yil oldin paydo bo‘lgan 
(birinchi mobil radiotelefon aloqasi global tizimi va Marisat 
geostatsionar KA 70-nchi yillarning o‘rtalarida Comsat kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan. Bunga sabab harakatdagi ob’ektlarning 
past energiya qurollanishi va ularni ishlatilishining qiyinroq sharoitlari 
(joy relefining ta’siri, antennalarning o‘lchamlari bo‘yicha cheklashlar 
va h.k.) bo‘ldi.
Oddiy statsionar yer stansiyalari hatto radioko‘rinishning 5

ishchi burchaklarida barqaror aloqani ta’minlaydi, harakatdagi 
abonentlar uchun ishonchli aloqani esa faqat sezilarli yuqoriroq 
qiymatlarda kafolatlash mumkin. KA radioko‘rinishining katta 
burchaklari murakkab relyefli yaqin zonada radioto‘lqinlarni 
tarqalishida 
so‘nishlar 
bilan 
asoslanadigan 
yo‘qotishlarni 
kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan radioliniyaning energetik 
zahirasini kamaytirishga imkon beradi. 
HSYA nimtizimlari asosan harakatdagi yer usti stansiyalari bilan 
ishlashni ta’minlaydigan katta markaziy va bazaviy stansiyalarli radial 
yoki radial-uzelli tuzilmagan ega bo‘lgan tarmoqlar uchun yaratildi. 
Talab bo‘yicha kanallar taqdim etiladigan tarmoqlardagi oqimlar 
uncha katta bo‘lmagan, shuning uchun ularda ko‘pincha bir yoki kam 
kanalli yer usti stansiyalari qo‘llanilgan. Odatda bunday tarmoqlar 
olisdagi harakatdagi ob’ektlar (kemalar, samoletlar, avtomobillar va 
h.k.) bilan idoraviy va korporativ tarmoqlarni yaratish uchun, davlat 


141 
tuzilmalarida, tabiiy ofatlar hududlarida va favqulodda vaziyatlarda 
aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. 
HSYAning rivojlanishidagi sifatli sakrash ma’lumotlarni raqamli 
uzatish usullarini joriy etilishi bilan va nogeostatsionar orbitalardagi 
(past aylanishli va o‘rtacha balandlikli) KAlar asosida sun’iy 
yo‘ldoshli tizimlarning birinchi loyihalarini paydo bo‘lishi tufayli 
bo‘lib o‘tdi. Bunday sun’iy yo‘ldoshlarning orbitalari Yer sirtiga 
yaqin, bu an’anaviy yer usti stansiyalarining o‘rniga kichik hajmli 
terminallar (telefon go‘shagi) va uncha katta bo‘lmagan antennalarni 
ishlatilishi imkoniyatini beradi. 
Hozirgi 
vaqtda 
dunyoda 
past 
orbitalardagi 
KAlardan 
foydalanadigan 30 tadan ortiq milliy va xalqaro (hududiy va global) 
loyihalar mavjud. Ulardan eng ma’lumi Globalstar, Iridium, Orbcomm 
(AQSH), shuningdek Rossiyaning "Gonets" va "Signal" loyihalaridir.

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling