Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Radiouzatish
sun’iy yo‘ldoshli xizmati televizion va radioeshittirish dasturlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan va televizion uzatish (BTU) sun’iy yo‘ldoshli televizion uzatish va bevosita sun’iy yo‘ldoshli televizion uzatish tizimlarining asosiy xizmati hisoblandi. Hozirgi vaqtda butun teleradiouzatish tizimi geostatsionar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar asosida qurilmoqda. Tizimga asosiy talab xizmat ko‘rsatiladigan hududlarni butunlay qamrab olish bo‘lgan telekommunikatsiyaning bu sohasida SYATning boshqa aloqa vositalariga qargandagi afzalliklari eng katta darajada namoyon bo‘ladi. Teleradioeshittirishni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri buyurtma teledasturlarni sun’iy yo‘ldoshli kanallar bo‘yicha translyasiya qilish va teleko‘rsatuvlar jarayonida interaktiv almashinuv imkoniyatlarini taqdim etish yo‘li bilan foydalanuvchilarning individual so‘rovlarini qondirishga imkon beradigan interaktiv televidenie hisoblanadi. Bu holda foydalanuvchi ma’lumotlarni uzatish passiv iste’molchisidan dasturning aktiv qatnashuvchisiga aylanadi. Yana bir istiqbolli yo‘nalish bu radiokanallar bo‘yicha televizion tasvirlarni 30 Mbit/sgacha va Internet ma’lumotlarni 400 kbit/sgacha tezliklarda uzatishga imkon beradigan kompyuterga bevosita sun’iy yo‘ldoshli uzatish (Direct PC xizmati) hisoblanadi. 142 VSAT Hozirgi vaqtda geostatsionar KAlar asosida korporativ sun’iy yo‘ldoshli tarmoqlarni qurish uchun VSAT (Very Small Aperture Terminal) deyiladigan kichik stansiyalar ishlatilmoqda, dunyoda ulardan hozirgi vaqtda 250 mingtadan ortiq. VSAT tarmoqlari geografik olisdagi foydalanuvchilarni yagona raqamli aloqa tarmog‘iga birlashtiradi. Lekin global SYATdan farqli ravishda VSAT tarmoqlarining xizmat ko‘rsatish zonasi tor parsial zonalarga ajratilgan bo‘lib, ulardan har biriga bitta tor nur bilan xizmat ko‘rsatiladi [17]. Bort komplekslarining zamonaviy energetik ko‘rsatkichlarida VSAT-stansiyalar uncha katta bo‘lmasligi, ularning antennalarini o‘lchamlari esa 0,5 - 0,6 metrlar (Ka-diapazon) va 1 - 1,5 metrlarni (Ku-diapazon) tashkil etadi. Bunday terminallar foydalanuvchilarning ish joylari yaqinida joylashtirilishi mumkin. 0,5 metrdan kam diametrli antennali yer usti stansiyalari USAT (Ultra Small Aperture Terminal) deyiladi. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling