Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
3.3. Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya Sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim deb, YSY guruhi tayanch radinavigatsion nuqtalar rolini bajaradigan tizimga aytish qabul qilingan. Bunday tizimlarga NAVSTAR (AQSH) i "Glonass" (Rossiya). NAVSTAR (NAVigation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) tizimlari kiradi [18]. Bu tizimlar o‘zi aniqlaydigan passiv tizimlar toifasiga kiradi. Ularda faqat navigatsion YSYlar radiouzatkichga ega bo‘ladi, harakatdagi obyektda joylashtiriladigan apparatura esa faqat ESY signallari qabullagichi, signallarni qayta ishlash va obyektning koordinatalarini hisoblash qurilmasiga ega bo‘ladi. Bunday navigatsion tizimlarda ob’ektning koordinatalarini hisoblash natijasi faqat obyektning o‘zida bo‘ladi, ya’ni ob’ekt apparaturasining o‘zi o‘z koordinatalarini aniqlaydi. Sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim asosidagi joyni radioaniqlash va harakatdagi obyektlarni kuzatish tizimlarini qurishning umumlashtirilgan sxemasi 3.8- rasmda keltirilgan. Obyekt apparaturasi ko‘rish zonasida bo‘lgan bir necha YSYlardan (4 tadan kam bo‘lmagan) bir vaqtda navigatsion 143 signallarni qabul qilishni amalga oshiradi. YSYdan beriladigan sun’iy yo‘ldosh tomonidan nurlantiriladigan signal haqidagi, shuningdek YSYning harakatlanishi orbital parametrlari haqidagi kodli ma’lumotlar bo‘yicha KSAS EHMda qo‘yilgan algoritmlar bo‘yicha harakatdagi ob’ektning geografik koordinatalari, harakatlanish tezligi va yo‘nalishi aniqlanadi. 3.8- rasm. Joyni radioaniqlash tizimini qurilish sxemasi Harakatdagi ob’ektning koordinatalari va tezligi haqidagi ma’lumotlar iste’molchiga vizual shaklda tabloda berilishi va o‘lchash vaqti qayd etiladigan xotirada saqlanishi mumkin. NAVSTAR (NAV igation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) global sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim kosmosda, havoda, yerda va suvda harakatlanayotgan obyektlarning yuqori aniqli navigatsion-vaqt ta’minoti uchun yaratilgan. Uning tarkibiga navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar, yer usti boshqarish kompleksi va iste’molchilar (foydalanuvchilar) apparaturalari kiradi. Tizimda qo‘llaniladigan tamoyil shundan iboratki, iste’molchilarda o‘rnatilgan maxsus qabullagichlar bir necha sun’iy yo‘ldoshlargacha masofani o‘lchaydi va bir xil olisdagi sirtlar Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling