Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
Ta’minotni boshqarish. 802.11 standarti mobil qurilmalar 
batareyalarining xizmat muddatini uzaytirish uchun energiyani tejash 
rejimlarini qo‘llaydi. Standart ikkita “davomli ishlash rejimi va 
“energiyani tejash rejimi” deyiladigan energiya iste’moli rejimlarini 
qo‘llaydi. Birinchi holda radio doimo yoqilgan holatda bo‘ladi, shu 
bilan bir vaqtda ikkinchi holda radio ulanish nuqtalari doimo 
jo‘natiladigan “mayoq” signallarini qabul qilish uchun ma’lum vaqt 
oraliqlarida davriy yoqiladi. Bu signallar qaysi stansiya ma’lumotlarni 
qabul qilishiga nisbatan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, 
mijoz mayoq signalini qabul qilishi, ma’lumotlarni qabul qilishi, keyin 
esa yana “kutish” rejimiga o‘tkazish mumkin. 
Xavfsizlik. 802.11b maqsadi simsiz tarmoqlarni simli tarmoqlar 
xavfsizligi vositalariga ekvivialent bo‘lgan xavfsizlik vositalari bilan 
ta’minlash hisoblanadigan Wired Equivalent Privacy (WEP) sifatida 
ma’lum bo‘lgan ulanishni nazorat qilish va shifrlash mexanizmlarini 
ta’minlaydi. WEP ulanganida u faqat ma’lumotlar paketlarini himoya 
qiladi, lekin fizik daraja sarlavhalarini himoya qilmaydi, shunday ekan 


151 
tarmoqning boshqa stansiyalari tarmoqni boshqarish uchun zarur 
bo‘ladigan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Ulanishni nazorat qilish 
uchun har bir ulanish nuqtasiga ESSID (yoki WLAN Service Area ID) 
joylashtiriladi, uni bilmasdan mobil stansiya ulanish nuqtasiga ulana 
olmaydi. Ulanish nuqtasi qo‘shimcha ravishda ulanishni nazorat qilish 
ro‘yxati (Access Control List, ACL) deyiladigan ruxsat etiladigan 
MAS manzillar ro‘yxatini saqlaydi, bu bilan faqat MAS manzillari 
ro‘yxatda bo‘lgan mijozlarga ruxsat etadi. 
Ma’lumotlarni shifrlash uchun standart 40-bitli ajratiladigan 
kalitli RC4 algoritmidan foydalaniladigan shifrlash imkoniyatini 
beradi. Bundan keyin stansiya ulanish nuqtasiga ulanishi bilan barcha 
uzatiladigan ma’lumotlar bu kalitdan foydalanish bilan shifrlanishi 
mumkin. Shifrlash ishlatilganidan ulanish nuqtasi unga ulanishga 
urinayotgan istalgan stansiyaga shifrlangan paketni jo‘natadi. Mijoz 
o‘zini autentifikatsiyalash va tarmoqqa ulanishni olishi uchun to‘g‘ri 
javobni shifrlash uchun o‘z kalitini ishlatishi kerak. Ikkinchi darajadan 
yuqori 802.11b tarmoqlari boshqa 802 tarmoqlari kabi ulanishni 
nazorat qilish va shifrlash uchun o‘sha standartlarni (masalan, IPSec) 
ishlatadi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling