802.16
standartining
rivojlanishi
va
uning
qisqa
xarakteristikasi. 2001 yilning dekabrida qabul qilingan standartning
dastlabki versiyasi 10 - 66 GGs chastotlar diapazonini qamrab oladi va
bitta tashuvchi chatotada (Single Carrier, SC) modulyatsiyalashni
ko‘zda tutadi. Lekin 2003 yilning yanvarida standartga 802.16a
to‘ldirish qabul qilingan bo‘lib, u 2 - 11 GGs diapazonlardagi shahar
tarmoqlari uchun KPSU qurilmalariga mo‘jallandi. Bitta tashuvchida
modulyatsiyalashdan tashqari, murakkabroq modulyatsiyalash turi –
ortogonal chastotaviy multiplekslashdan (Orthogonal Frequency
Division Multiplexing, OFDM) foydalanishga ruxsat etiladi. 802.16a
qurilmalari ADSL- va kabelli modemlar bilan muvaffaqiyatli
raqobatlashisha olishi ko‘zda tutiladi. Bunday tizimlarni qurish arzon
tushishi kerak, chunki simlarga zarurat yo‘qoladi.
802.16 standartining yangi versiyasi 2004 yilning 24 iyunida
qabul qilingan. U oldingi versiyaning nomini oldi va IEEE 802.16 –
2004 nomi ostida e’lon qilindi. Keyin yangi IEEE 802.16e to‘ldirish
ishlab chiqildi, u mobil qurilmalar qo‘llab-quvvatlanadigan 802.16
standarti qurilmalarini ta’minlashga chiqarildi.
Sinab ko‘rilgan OFDM texnologiya yaxshi natijalarni ko‘rsatdi.
Yangi texnologiyalarning o‘ziga tortishi shundan iboratki, ular zich
shahar qurilishlari sharoitlarida, ya’ni yirik shaharlar va atrofida
KPSU bozori eng tez rivojlanayotgan boshqa millionlab aholili
shaharlar ichida foydalanishga mo‘ljallangan 802.16 standarti va
uning 802.16a kengaytmasining asosiy texnik xarakteristikalari
keltirilgan.
Abonentlar qurilmalaridan bazaviy stansiyaga trafikni uzatish
(kiruvchi yo‘nalish deyiladigan uplink) ko‘p stansiyali ulanishning
ikkita DAMA (so‘rov bo‘yicha ulanish) va TDMA (kanallar vaqt
bo‘yicha ajratiladigan ulanish) usullari kombinatsiyasiga asoslanadi.
Fizik daraja paketlari tuzilmasi MAC-daraja paketining o‘zgaruvchan
uzunligini qo‘llaydi. Uzatkich randomizatsiyalash, halaqitbardosh
kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi ikkita
modulyatsiyalash usullari opsiyalar sifatida ko‘zda tutilgan)
algoritmlari bo‘yicha modulyatsiyalashni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |