Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Tranking aloqa tizimlari. Harakatdagi UQT radioaloqa radial-
zonaviy tizimlari bo‘lgan retranslyatorlar aloqa kanallarini abonentlar orasida avtomatik taqsimlanishini (tranking) amalga oshiradigan tranking radioaloqa tizimlari, avvalo, abonentlarni guruhlardagi aloqa rejimining aktiv qo‘llanilishi ko‘zda tutiladigan turli idoraviy va korporativ aloqa tarmoqlarini yaratishga mo‘ljallangan harakatdagi aloqa tizimi sinfi hisoblanadi. Ular turli davlatlarda qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, umumiy xavfsizlik xizmatlari, transport va energetik kompaniyalar tomonidan harakatdagi abonentlarni o‘zaro, statsionar abonentlar bilan va telefon tarmog‘i abonentlari bilan aloqasini ta’minlash uchun keng ishlatiladi. Umumiy foydalanishdagi harakatdagi radioaloqa (UM-HRA) tranking tizimlarining bir-birlaridan nutq ma’lumotlarini uzatish usuli (analog va raqamli), ko‘p stansiyali ulanishi turi (kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan (KChAU), kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan (KVAU) yoki kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan (KKAU)), kanalni qidirish va tayinlash usuli (markazlashtirilmagan va markazlashtirilgan boshqarishli), boshqarish kanali turi (ajratilgan va taqsimlangan) va boshqa xarakteristiklari orqali farqlanadigan ko‘p sonli turli standartlari mavjud. Tranking tizimlarning asosiy arxitekturaviy tamoyillari 5.1- rasmdagi bir zonali tranking tizimining umumlashtirilgan tuzilish sxemasida keltirilgan. U bazaviy stansiyadan (BS) tashkil topgan va radiochastotaviy qurilmalardan tashqari kommutator, boshqarish qurilmasi va turli tashqi tarmoqlar intefeyslarini o‘z ichiga oladi. Radiochastotaviy qurilmalarga retranslyator, antenna va radiosignallarni birlashtirish qurilmasi kiradi. Retranslyator. Retranslyator deganda bu holda bir juft tashuvchi chastotalarga xizmat ko‘rsatadigan qabul qilish-uzatish qurilmalarining to‘plami tushuniladi. Birinchi tranking tizimlarda bir juft tashuvchi bitta trafik kanalini bildirgan. Vaqt bo‘yicha zichlashtirishni ko‘zda tutadigan TETRA standarti tizimlari va EDAS 161 ProtoCAL tizimlarining paydo bo‘lishi bilann zamonaviy tranking tizimlarda bitta retranslyator ikkita yoki to‘rtta trafik kanalini ta’minlashi mumkin. 5.1- rasm. Bitta zonali tranking tizimining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi Tranking tizimlarda antennalar qanchalik mumkin bo‘lsa, shunchalik katta radioqamrab olish zonasini hosil qilishi kerak. Shuning uchun bazaviy stansiyalarning antennalari baland machtalarda yoki inshoatlarda joylashtiriladi va doiraviy yo‘naltirilganlik diagrammasiga ega bo‘ladi. Bazaviy stansiya yagona qabul qilish-uzatish antennasiga, ham qabul qilish va uzatish uchun Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling