Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Raqamli televideniye va radioeshittirish
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2. Raqamli televideniye va radioeshittirish Raqamli televideniye. Zamonaviy televizion tizimlarda obyektning tasviri fotonishonga – teskari tomoni metallashtirilgan slyuda plastina-izolyatorga yugurtirilgan kumush zarrachalaridan yorug‘likka sezgir mozaikaga proeksiyalanadi. Fotoeffekt natijasida mozaikaning har bir zarrachasida elekr zaryad (videosignal) hosil bo‘ladi. Videosignalning kuchi obyekt tasvirining alohida elementning yorqinligiga mos keladi [16]. Elektron to‘p hosil qiladigan elektron nur mozaika sirti bo‘yicha chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga har bir satrning videosignallarini o‘qish bilan harakatlanadi. Nurning harakatlanishini elektron-nur trubka (ENT) og‘ma tizimining elektromagnitlariga beriladigan arrasimon shakldagi elektr toki boshqaradi. Fotonishonning har bir elementiga atigi 0,02 mm diametrli elektronlar tutami tushadi. Bu har bir satrda 820 ta elementlarni o‘qish imkoniyatini beradi. 1948 yilda qabul qilingan standartga muvofiq televidenieda 25 kadrlar/s chastotali uzatiladigan tasvirning bitta kadri 625 ta satrlarga ega bo‘ladi. Yoyish satrlari soniga tasvirning aniqligi bog‘liq bo‘ladi. Boshqa davlatlarda qabul qilingan satrlar chastotasi quyidagicha: Buyuk Britaniyada – 405, AQSh va Kanadada - 525, G‘arbiy Yevropada – 819. Olingan videosignallar videokuchaytirgichga beriladi, bu yerda ular kuchaytirilganidan keyin har bir satr va kadrning boshlanishi va oxirini belgilaydigan sinxronlashtiradigan impulslar bilan aralashtiriladi. Shunday qilib, to‘liq televizion signal shakllantiriladi, keyin u efirga uzatish uchun telemarkazning radiouzatkichiga beriladi. 165 Analog televizion uzatish an’anaviy 48,5–100 MGs (6,2–3 m) chastotalardagi birinchi kanaldan beshinchi kanalgacha metrli to‘lqinlarda olib boriladi. Keyin telemarkazga yaqin bo‘lgan shaharlarda TV halaqitlarni oldini olish uchun 174 – 230 MGs (1,7 – 1,3 m) chastotalar diapazonidagi yettita kanallar qo‘shilgan. Hozirgi vaqtda 12 ta TV-kanallar etarli bo‘lmay qoldi va kanalning chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, TV-signalning polosasi shunchalik keng bo‘lishidan kelib chiqish bilan ularga 470 – 630 MGs (64 – 47 sm) diapazondagi detsimetrli to‘lqinlardagi 20 ta kanallar qo‘shildi. 25 kadrlar/s chastotali 625 ta satrlarga ega bo‘lgan tasvirni uzatilishi uchun 8 MGs atrofidagi chastotalar spektri kerak bo‘ladi. Bu bitta TV- kanal chastotalar polosasiga mos keladi. Televizion qabullagichda efirdan qabul qilingan signal kuchaytiriladi va kineskopga beriladi. TV-signaldan satr va kadr yoyish generatorlarining ishlashini boshqaradigan sinxroimpulslar ajratib olinadi. Kineskopning ekrani lyuminofor bilan qoplangan bo‘lib, u unga elektron projektor nuri tushganida yorug‘lanadi. Kadrning satrlari bo‘yicha katta tezlikda harakatlanadigan elektron nur ekranning alohida nuqtalarini yoritilishini keltirib chiqaradi. Ko‘rishning inersiyasi tufayli bu butun ekranning yoritilishi tasavvurini hosil qiladi. Kadrning tasviri shunday hosil qilinadi. Ovoz alohida chastotaviy modulyatsiyalangan kanal bo‘yicha uzatiladi. To‘liq TV-signalda rangli tasvirni uzatish uchun rangli signallari qo‘shiladi. Buning uchun ob’ektning rangli tasviri uchta ENT uzatadigan uchta bitta rangli (qizil, yashil va moviy ranglar) tasvirga qo‘yiladi. Mos ravishda TV-qabullagichda uchta elektron projektorlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning nurlari niqobdagi tirqish orqali o‘tish bilan qizil, yashil va moviy ranglar lyuminoforlarini yoritilishini keltirib chiqaradi. Niqob 0,25 mm dimetrli 550 mingta tirqishlarga ega bo‘lgan yupqa metal listdan iborat. Raqamli kineskop lyuminofori har bir rangning uchtadan donachalarili guruhlar bilan aniq tirqishlarga qarama-qarshi joylashgan qizil, yashil va moviy yoritilishlar lyuminoforlarining 1,5 millionta donachalariga ega bo‘ladi. Bitta nuqtaga yo‘naltirilgan uchta ENTlardan uchta nurlar har bir alohida vaqt momentida bitta lyuminoforlar guruhiga tushadi, bunda har bir nur “o‘z” rangi lyuminoforining bitta donachasini yoritilishini keltirib chiqaradi. Yoyishda nurlar niqobdagi keyingi tirqishga harakatlanadi, bu ekranda uchta bir rangli tasvirlar signallarini moslashtirishga imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling