Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
Аvtomobil 
radiostansiyasi 
Portativ 
radiostansiya 
Ма’lumotlarni 
uzatish 
terminallari 
Statsionar 
radiostansiya 
Dispetcherlik 
pulti 
Dispetcherlik 
pulti 
Radiosignallarni birlashtirish 
qurilmasi 
Retranslyator 
Retranslyator 
 
Kommutator 
PKT interfeysi 
UFTT 
interfeysi 
 Bazaviy stansiya 
Boshqarish 
qurilmasi 
Texnik xizmat ko’rsatish va 
ishlatish terminali 
Paketlar 
kommutatsiyalan
adigan tarmoq 
UFTT


162 
alohida antennalarga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda bitta 
machtada ko‘p nurli tarqalish keltirib chiqaradigan so‘nishlar bilan 
kurashish uchun bir necha qabul qilish antennalari joylashtirilishi 
mumkin. 
Radiosignallarni birlashtirish qurilmasi o‘sha bir antennalar 
qurilmasini bir necha chastotalar kanallarida qabullagichlar va 
uzatkichlarning bir vaqtda ishlashi uchun foydalanishga imkon beradi. 
Tranking tizimlari retranslyatorlari faqat dupleks rejimda ishlaydi, 
binobarin, qabul qilish va uzatish chastotalarining surilishi
45 MGsdan 3MGsgachani tashkil etadi. 
Kommutator ham tarmoq ichida, ham tashqi tarmoqlar bilan 
bog‘lanishlarni ta’minlaydi. BSning barcha uzellarini o‘zaro 
ta’sirlashishini Boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. Bundan 
tashqari, u chaqiruvni qayta ishlaydi, chaqiruvchi abonentlarni 
identifikatsiyalashni amalga oshiradi, chaqiruvlar navbatini o‘rnatadi, 
vaqtbay to‘lov uchun vaqtni hisobga olishni yuritadi, shuningdek 
zarurat 
bo‘lganida 
telefon 
tarmog‘i 
bilan 
bog‘lanishning 
davomiyligini rostlaydi.
Tranking tizimlarda UFTT interfeysi turli usullarda ishlatiladi. 
Uncha qimmat bo‘lmagan tizimlarda (masalan, SmarTrunk) ulanish 
ikki o‘tkazgichli kommutatsiyalanadigan liniya bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Zamonaviyroq tranking tizimlari o‘z tarkibida ATS standart 
nomerlashtirilishi ishlatiladigan tranking tarmog‘i abonentlariga 
ulanishni ta’minlaydigan DID (Direct Inward Dialing) nomeri to‘g‘ri 
teriladigan UFTT apparaturasiga ega. YUqori xizmat ko‘rsatish 
sifatini ta’minlaydigan qator tranking tizimlar raqamli IKM – ATS 
apparaturasi bilan bog‘lanishni ishlatadi. 
UFTT bilan bog‘lanish tranking tizimlar uchun an’anaviy 
hisoblanadi, lekin so‘ngi vaqtlarda paketlar kommutatsiyalanadigan 
tarmoqlar 
interfeysi 
bo‘lishi majburiy bo‘lib qolishi bilan 
ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda tutadigan ilovalar soni yanada 
ortmoqda. 
Texnik xizmat ko‘rsatish terminali (TXKT va E) odatda bazaviy 
stansiyaga o‘rnatiladi va tizimning holatini nazorat qilish, 
yaroqsizliklarni diagnostika qilish, tarifikatsion ma’lumotlarni hisobga 
olish, abonentlar ma’lumotlari bazaga o‘zgartirishlarni kiritish uchun 
mo‘ljallangan. 
TXKT 
va 

UFTT 
yoki 
paketlar 
kommutatsiyalanadigan tarmoq orqali ulanishi mumkin. 


163 
Tranking tizimlarda zarurat bo‘lganida dispetcherlik pultlari 
(DP) ham o‘rnatilishi mumkin, ulardan boshqarish idoralari, tez tibbiy 
yordam, yong‘in-himoya xizmati va boshqalar foydalanadi. DPni 
tizimga ulanish, ham abonentlar radiosignali bo‘yicha, ham ichki 
liniyalar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri BS kommutatoriga bo‘lishi 
mumkin. Tranking tizim bir necha mustaqil tarmoqlarni tashkil etishi 
mumkin, shuning uchun ularda turli tarzda ularga ulangan bir necha 
DPlari ishlashi mumkin. 
Tranking tizimlarda eng qurilmalar to‘plami abonentlar 
qurilmalariga kiradi. Ulardan eng ko‘p sonlilari eng katta darajada 
yopiq guruhlarda ishlatishga to‘g‘ri keladigan yarim dupleks 
radiostansiyalar hisoblanadi. Bunday radiostansiyalar ko‘pincha 
cheklangan funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi va shuning uchun 
raqamli klaviaturaga ega bo‘lmaydi. Ulardan foydalanuvchilarga 
guruh ichidagi abonentlar bilan bog‘lanish yoki dispetcherga 
chaqiruvni 
yuborish 
etarli 
bo‘ladi. Ayrim yarim dupleks 
radiostansiyalar kengroq funksional imkoniyatlarga va raqamli 
klaviaturaga ega bo‘ladi, lekin sezilarli darajada qimmat turadi. 
Tranking tizimlarda hozirgi vaqtda hatto sotali terminallarga 
qaraganda katta funksionallikka ega bo‘lgan va UFTT bilan 
bog‘lanishni ulanishini amalga oshirishga, shuningdek yarim dupleks 
rejimda guruhli ishlashni ta’minlashga imkon beradigan dupleks 
radiostansiyalar yanada ko‘p ishlatilmoqda. 
Abonentlar qurilmalari nafaqat portativ yig‘iladi, balki 
avtomobilda ishlatiladigan ko‘rinishda ham chiqariladi va chiqish 
quvvati yuqori bo‘ladi. 
Abonentlar qurilmalarining yangi sinfi ma’lumotlarni uzatish 
terminalari hisoblanadi. Ular mos radiointerfeys protokolini 
qo‘llaydigan maxsuslashtirilgan radiomodellarlardan iborat. DPning 
ulanishi uchun avtomobil radiostansiyalariga o‘xshash bo‘lgan 
standart radiostansiyalar ishlatiladi. 
Zamonaviy tranking tizimlari ko‘p zonali tizimlar sifatida ishlab 
chiqiladi va taqdim etiladigan xizmatlarning keng xilma-xilligi bilan 
xarakterlanadi, shuning uchun ular quyidagi asosiy talablarni 
qoniqtirishi kerak: 
1. Berilgan xizmat ko‘rsatish zonasida aloqani ta’minlash; 
2. 
Harakatdagi 
abonentlarning 
joylashish 
o‘rni haqida 
ma’lumotlar 
bo‘lmagan 
sharoitlarda 
aloqani 
o‘rnatilishi 
ehtimolligining yuqori darajasi; 


164 
3. Turli guruhlar abonentlarining o‘zaro bog‘lanishi imkoniyati;
4. Aloqaning xavfsizligi; 
5. Talab qilinadigan halaqitbardoshlik; 
6. Nutq signallarini qabul qilishni tushunarliligining yuqori 
sifati; 
7. Chastotalar polosalaridan foydalanish samaradorligi; 
8. Mobil stansiyaning past energiya iste’moli;
9. Aloqani boshqarishning operativligi, shu jumladan, turli 
darajalarda boshqarishni ta’minlash, aylanma aloqa imkoniyati, 
boshqarish markazi orqali aloqani ta’minlash, aloqa kanallarini 
ustivorlikli o‘rnatilishi imkoniyati. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling