Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Raqamli televideniye tizimlari. Bugungi kunda televideniyeda 
navbatdagi texnologik revolyutsiya – raqamli televizion uzatishni 
ommaviy tarqalishining boshlanishi bo‘lib o‘tmoqda. Raqamli 
televidenie (RTV) bu tamoyilial yangi imkoniyatlar, interaktivlik, 
multimediali trafikni etkazish muhiti hisoblanadi. Shuning uchun TV-
uzatish formatini o‘zgartirish bu nafaqat murakkab texnik masala, 
balki bu butun dunyo ko‘lamiidagi iqtisodiy va ijtimoiy tomondan 
ta’sir qiladigan o‘ta jiddiy omil hisoblanadi 
Raqamli televideniyeda ommaviy tomoshabingacha studiya 
sifatidagi signal deyarli buzilishlarsiz etadi, analog uzatishga 
xarakterli bo‘lgan halaqitlar yo‘qoladi. Standart 480-625 satrlar (3:4 
format) soniga qaraganda yuqori bo‘lgan 720, 1080 (satrlar va 
ustunlar nisbati) yoyish satrlari sonili yuqori aniqlikdagi televideniye 
(TVCh, HDTV) videotasvirlarini uzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Lekin bu yuqori aniqlikni mos xarakateristalarli kineskopga ega 
bo‘lgan TV qabullagich ekranida ko‘rish mumkin. Shuning uchun 
muhimki, RTV spektral diapazondan ancha samarali foydalanishga 
imkon beradi, bitta analog TV-kanal polosasida bir necha TV-
kanallarni shakklantirish mumkin, bir vaqtda mumkin bo‘ladigan TV-
dasturlar soni bir tartibga ortadi. Nihoyat, raqamli televizion signalni 
etkazish vositalarining rivojlanishi bugungi kunda jadal ishlab 
chiqilayotgan “so‘rov bo‘yicha televideniega” muhim qadam bo‘ladi, 
tomoshabin endi kanalni emas, balki ko‘rishni istagan film yoki 
ko‘rsatuvni ko‘radi. 
Oxirgi foydalanuvchilarga TV-trafikni uzatishning to‘rtta asosiy 
mexnizmlari - kabelli, sun’iy yo‘ldoshli, yer usti (efirda uzatish) va 
sotali usullari ajratiladi. Sotali usul MMDS (Multichannel Microwave 
Distribution System), LMDS (Local Microwave Distribution System), 
MWS (Multimedia Wireless System) yuqori chastotali tizimlarni 
ishlatadi. RTV tizimlarini keng polosali MSUTga misol sifatida ko‘rib 
chiqamiz, uning xarakterli o‘ziga xos xususiyati trafiknning yaqqol 
asimmertiyasi hisoblanadi. Shu bilan birga, IEEE 802.16 guruhi 
standartlarining paydo bo‘lishi bilan sotalali televideniening 
moslashuvchan tizimlarini ham tayyorlash mumkin bo‘lib qoladi. 
O‘zbek tomoshabini sun’iy yo‘ldoshli va kabelli RTV bilan hozirda 
tanish. Lekin davlatdagi televidenieniening rivojlanish strategik 
masalasi yer usti uzatilishi hisoblanadi. 
Ommaviy uzatish sohasida ikkita signallarni uzatish ATSC 
(Advanced Television Systems Committee, AQSh) va DVB (Digital 


167 
Video Broadcasting, Evropa) standartlari to‘qnashishdi. YAponiya 
ISDB (Integrated Services Digital Broadcasting) standarti bilan 
alohida turibdi. Amerika va Yevropa standartlari qarama-qarshiligi 
O‘zbekistonda ortda qolgan masala, chunki ko‘rinib turibdiki, yakuniy 
tanlov DVB foydasiga qilingan. Bu standartlar shu ma’noda 
o‘xshashki, har ikkalasi MPEG-2 va MPEG-4 orqali kodlangan va 
kompressiyalangan 
video 
va 
audioma’lumotlarni uzatilishiga 
mo‘ljallangan. Ovoz boshqa algoritmlar, masalan, Dolby AS-3 
yordamida kodlanishi mumkin. Shuning uchun tasvirning sifati, agar u 
qabullagich orqali muvaffaqiyatli qabul qilinsa bir yoki boshqa 
modulyatsiyalash usulini tanlashga kam bog‘liq bo‘ladi. 
AQShda raqamli televizion uzatish tizimini tanlashda asosiy 
e’tibor tasvirning oshirilgan sifatiga qaratildi. Bunda standart sifatli 
tasvirli kanallar sonini oshirish ko‘rib chiqilmadi. Ravshanki, yuqori 
ruxsat etishli tasvir 32 dyuymlardan kam bo‘lmagan televizorlarda 
o‘zini namoyon qiladi, 55 – 60 dyuymlardagi televizorlarda esa 
yanada o‘zini yaxshi namoyon qiladi. 
Evropada DVB raqamli televizion tizimni ishlab chiqishda 
yuqori 
aniqlikdagi 
tijorat 
televizion 
uzatish, asosan 
MAC 
(Multiplexed analog components) analog YUAT-tizimni qurishga 
bog‘liq bo‘lgan o‘n yil oldingi ayanchli tajriba hisobga olindi. 
Shuning uchun standart ruxsat etish qobiliyatli kanallar sonini 
oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Bu hozirda mavjud bo‘lgan 
televizion 
qabullagichlar 
uchun 
nisbatan 
arzon 
tyunerlar 
chiqariladigan RTVga o‘tishni boshlashga imkon berdi. Bundan 
tashqari, Yevropa standarti eng turli tabiatli ma’lumotlarni uzatishga 
mo‘ljallangan yagona telekommunikatsion tizim uchun asos sifatida 
ko‘rilmoqda, bu yerdan past xatoliklar ehtimolliklariga talablar kelib 
chiqadi. SHu bilan bir vaqtda ATSCda qo‘shimcha ma’lumotlarni 
uzatish opsiyasi mavjud emas. 
ATSC yer usti uzatishda 19,28 Mbit/s tezlikli bitta oqimni 6 
MGs (NTSC amerika analog TV tizimi kanalining standart kengligi) 
kenglikdagi polosada va bunday ikkita oqimlarni kabelli televidenie 
tarmoqlarida translyatsiya qilishga mo‘ljallangan. DVB ancha tez 
moslashuvchan. 8 MGs standart polosada (hududlarda 6 va 7 MGs 
kenglikdagi kanallar bilan ishlash mumkin) u 4,98 dan 31,67 
Mbit/sgacha diapazonda tezlikni tanlashni ta’minlaydi. Mos ravishda 
bu polosadagi TV-dasturlar soni ham 16 dan 2 tagacha o‘zgaradi, 
binobarin, dasturlarni past ruxsat etishli, lekin yuqori ishonchlilikli va 


168 
qabul qilish ishonchliligi kamayganida yuqori ruxsat etishli bir vaqtda 
translyatsiya qilish mumkin. DVBning noyob o‘ziga xos xususiyati bu 
qabullagichning mobilligi hisoblanadi, u 300 km/soatgacha tezliklarda 
harakatlanishi mumkin, bu poezdlar, shaharlararo yo‘lovchilarni 
tashish avtotransporti, mobil xizmatlar (tez tibbiy yordam, militsiya) 
va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Lekin eng muhimi signalni yetkazilish ishonchliligida ATSC 
DVBga yutqazadi. Buning sababi ATSCda qabul qilingan 8-VSB 
(satellite-sideband modulation system for broadcast) yon polosada 
qisman so‘ndiriladigan ko‘p pozitsion amplitudaviy modulyatsiyalash 
hisoblanadi. 
Umuman 
8-VSBni 
yon 
polosa 
so‘ndiriladigan 
amplitudaviy modulyatsiyalash tizimlarini texnik ishlatilishining 
cho‘qqisi deyish mumkin. Lekin DVBga qaraganda real sharoitlarda 
bu mexanizm ishonchlilik, tez moslashuvchanlik, qabul qilish 
antennalariga talablar bo‘yicha yutqazadi. Bu standartni atroflicha 
ko‘rib chiqamiz. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling