Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


MPEG-2 va MPEG-4 videosignallarni siqish standartlari


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114
MPEG-2 va MPEG-4 videosignallarni siqish standartlari.
1993 yilda Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tashabbusi 
bo‘yicha ishlab chiqilgan MPEG-2 videosignallarni siqish standarti 
raqamli televizion sifatli uzatishni bo‘lishi uchun harakatlantiruvchi 
kuch hisoblanadi va ko‘plab yillar davomida bu texnika yo‘nalishini 
rivojlantirish yo‘lini aniqladi. Deyarli barcha davlatlar ma’lum 
darajada MPEG-2 imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirish 
bilan uni qabul qilishdi. Bu standart bo‘yicha ishlab chiqilgan koderlar 
5,5 – 6 Mbit/s oqimlar tezligida katta dinamikali televizion tasvirlarni 
yuqori 
uzatilishini 
ta’minlaydi. MPEG-2 sezilarli darajada 
harakatlanadigan tasvirlar va ovozni kodlash ususllaridagi ehtiyojini 
qoniqtiradi. Bundan tashqari, bu standart videokonferens-aloqa, 
videotelefoniya, ma’lumotlarni saqlash va boshqalarda qo‘llaniladi. U 
o‘zgarmas va o‘zagruvchan tezlikda ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda 
tutadi. Bunda kanallarning qayta ulanishi, tahrir qilish, tez to‘g‘ri va 
tez qayta tiklash, sekin harakatlanish va boshqalar kabi masalalar 
yechiladi.
Lekin MPEG-2 standarti o‘z cheklashlariga ega, shuning uchun 
videosignallarni siqishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom 
ettirildi. Hozirgi vaqtda MPEG-4 AVC yoki XEAI tasniflashi 
bo‘yicha H.264/AVC (ISO/EC 14496-10 AVC) standarti etarlicha 
keng ishlatilmoqda. AVC (Advanced Video Coding) qisqartmasi 
takomillashtirilgan videokodlash standarti sifatida yoyiladi. 


169 
MPEG-2 standartidan MPEG-4 standartinig (yoki uning 
takomillashtirilgan versiyalarining) asosiy farqi yagona ovoz, vizual 
yoki audiovizual kontent sifatida «media-ob’ekt» tushunchasidan 
foydalanishdan iborat bo‘ldi. Fazoviy siqishda 16x16 elementlardan 
joriy mikroblok qo‘shni mikrobloklar bilan taqqoslanadi, farq 
aniqlanadi va faqat u diskret kosinusli o‘zgartirish uchun uzatiladi. 
Har bir mikroblok o‘lchami bo‘yicha kichik, masalan 4x4 
elementlarga bo‘linishi mumkin, bu uzatiladigan tasvirning sifatini 
oshirishga imkon beradi. 
Videosignalni siqishda tasvirning sifati bloklarning sezilarligi va 
bitta blokdan boshqasiga o‘tish – bloklik samarasi hisobiga pasayishi 
mumkin. Blokli samaralarni kamaytirish uchun MPEG-4 AVC 
standartida dekodlangan tasvirda tasvirlarning yuqori subyektiv 
sifatini ta’minlaydigan keyingi qayta ishlash (blokdan chiqarish) filtri 
qo‘llaniladi. 
MPEG-4 AVC televizion efirli, kabelli va sun’iy yo‘ldoshli 
uzatishni bitta dasturga 2 Mbit/sdan kam oqimlar tezliklarida amalga 
oshirishga, optik va magnit tashuvchilarga (CD, DVD va boshqalarga) 
video ma’lumotlarni sifatli yozishni ta’minlashga, TCP/IP tarmoqlar 
bo‘yicha video ma’lumotlarni uzatilishini va multimediali xabarlarni 
mobil aloqa orqali yetkazilishini sezilarli tezlashtirishga imkon 
beradi. 
Ovoz ma’lumotlari manbalaridan signallar ham raqamli 
formatga o‘zgartiriladi. Bunda dastlab ortiqchalikni yo‘qotish amalga 
oshiriladi, keyin halaqitbardoshlikni oshirish uchun skremblerlash 
(randomizatsiyalash), undan keyin kanalli kodlash va navbatlashtirish
(interliving) amalga oshiriladi. 
Ovozni siqishning eng zamonaviy tizimi AAC (Advanced Audio 
Coding) ovozni kodlash takomillashtirilgan tizimi hisoblanadi, u 
ISO/IEC 13818 standartning ettinchi qismida spetsifikatsiyalangan. 
O‘zining samaradorligi bo‘yicha AAS MPEG-1 II darajasidan ikki 
marta va III darajasidan 1,4 marta ustun. AAS tizimi stereodasturga 96 
kbit/s raqamli oqimlarni uzatish tezligida yuqori sifatli ovozni 
ta’minlaydi. 
AASni barcha raqamli siqish vositalarida – polosali kodlash, 
notekis kodlash, Xaffman kodi bilan kodlash (Huffman Codeword 
Reordening), bitlarni taqsimlash maxsus algoritmlari va boshqalar 
ishlatadi. 


170 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling