Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini bo‘lish Chastota Vaqt 3 ta vaqt kadrlari
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KKAKTU kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (CDMA
1.17- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini bo‘lish Chastota Vaqt 3 ta vaqt kadrlari 35 TDMAning kamchiliklariga sinxronlashtirishning uzilishiga sezgirlikni kiritish mumkin. Sinxronlashtirishga ega bo‘lmagan analog standartlarda amalda sotaning radiusi 35-40 kmni tashkil etadi, bunda radioaloqaning “qattiq baqirsa uzoqqa eshitiladi” tamoyiliga muvofiq, ya’ni uzatkichning chiqish quvvatini oshirilishi bilan uni 60 kmgacha yoki hatto 80 kmgacha (nazariy) oshirish mumkin. Raqamli standartlarda esa kamida TDMA texnologiyasida amalga oshirilgan absolyut kechikish vaqtini kompensatsiyalash tizimi 250 mksgacha intervalda ishlay oladi, bu sotaning 35 km maksimal radiusiga mos keladi. KKAKTU kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (CDMA – Code Division Multiple Access). Uning asosida an’anaviy tor polosali tizimlardagiga qaraganda uzatiladigan xabarning polosasini atayin va ko‘p marttali kengaytirilishini ko‘zda tutadigan ma’lumotlarni uzatish tizimini keng polosali qurish (spread spectrum) g‘oyasiga yo‘nalish yotadi. Bu usulning nazariyasi 1935 yildayoq ishlab chiqilgan, lekin amaliy ishlatilishni FDMA va TDMAlardan sezilarli keyin oldi. U ishlatilganida barcha abonentlar orqali doimo tizimga aloqa uchun ajratilgan butun mumkin bo‘lgan diapzonning kengligi ishlatiladi. Bu texnologiyaning asosi trafik kanallarini Uolsh funksiyalari orqali ortogonal bo‘lish hisoblanadi. Ular faqat 64 ta aniqlangan. Shunday qilib, nazariy jihatdan bitta bazaviy stansiya 64 ta abonentlarga ishlashini tashkil etish mumkin. Lekin halaqitlarning ta’siri, shuningdek «soft handover»- sotalar orasida “yumshoq” qayta ulanish zarurati (umuman CDMA usulining afzalliklaridan biri hisoblanadigan) tufayli amalda qayd etilgan aloqa uchun 45 tagacha, harakatdagi aloqa uchun 25 tagacha ishlatiladi. CDMAni ishlatadigan aloqa tizimlari TDMA ishlatilgandagi kabi sinxronlashtirishni talab qiladi. Lekin bu yerda sinxronlashtirish bo‘g‘ini sifatida Global Pozitsiyalash Tizimi (GPS) qatnashadi. CDMA tamoyillari asosida qurilgan aloqa tizimlarining afzalligi boshqa usullarni ishlatishda samarali ishlash uchun zarur bo‘ladigan chastotaviy rejalashtirishning yo‘qligi hisoblanadi. Bundan tashqari, signal/shovqin nisbati (ideal holda 3-5 dB) past va CDMA tamoyilining ishlatilishini o‘zi (shovqin sifat signallarning ishlatilishi) boshqa standartlarga qaraganda uzatkichlarning 2-3 tartibga kam nurlantirish quvvatilarini ishlatishga imkon beradi, bunda u atigi 36 10 mVt va undan pastni tashkil etadi. TDMAdan farqli ravishda CDMA asosidagi tizimlarning xizmat ko‘rsatish zonasi asosan abonentlar stansiyalarining quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu texnologiya asosidagi tarmoqning sig‘imi TDMAdagiga qaraganda o‘rtacha 5 marta va FDMAdagiga qaraganda esa 10 martta ortiq. Bunda uni qurish uchun o‘sha qamrab olishdagi TDMA texnologiyasi asosidagi tarmoqqa qaraganda taxminan 40% bazaviy stansiyalar soni zarur bo‘ladi. CDMA usulining ishlatilishi birlamchi signal (abonentning ovozi) bazasini sezilarli sun’iy kengaytirishdan iborat, u quyidagi ikkita asosiy usullarda amalga oshiriladi: • to‘g‘ri kengaytirish - direct sequence spread spectrum (DSSS); • tashuvchi chastotani sakrashsimon o‘zgartirish - frequency hop spread spectrum (FHSS). Birinchi variantda axborot xabari T davomiylikdagi elementlardan (chiplardan) tashkil topgan psevdo-tasodifiy ketma- ketlikni (PTKK) manipulyatsiyalaydi, binobarin, chiplarning davomiyligi uzatiladigan axborot biti yoki simvolining T davomiyligidan ko‘p marttaga (N marttaga) kichik bo‘ladi. N qiymat to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi xabarning polosasiga qaraganda uzatish polosasining kengaytirilishi darajasini xarakterlaydi va shuning uchun spektrni kengaytirish koeffitsienti deyiladi (ingliz tilidagi matnlarda spreading factor yoki processing gain). Aytib o‘tilgan uzatiladigan D(t) oqim bilan c(t) PTKK manipulyatsiyalash odatda oddiy ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi (1.18a- rasm). 1.18b– g-rasmlardagi diagrammalar ikkilik uzatish va binar PKTT misoli uchun to‘g‘ri kengaytirish protsedurasining tarkibini ko‘rsatadi. 1.18v- rasmda davriy binar PTKK tasvirlangan bo‘lib, uning N = 8 chiplardan iborat davri bitta xabar jo‘natmasi davomiyligiga mos keladi (umumiy holda PTKK davri ixtiyoriy, xususan, axborot jo‘natmasining davomiyligidan sezilarli katta bo‘lishi mumkin, buning ustiga PTKK umuman aperiodik bo‘lishi mumkin). To‘g‘ri kengaytirish natijasi, agar axborot jo‘natmasi nolinchi bitni tashisa (1.18b-rasmdagi D(t) musbat qutb) ravshan bo‘ladi (1.18g-rasm), qayta ko‘paytirgich chiqishidagi PTKKning boshlang‘ich versiyasi bo‘ladi.Jo‘natma orqali joriy bitning 1 qiymati uzatilganida PTKKning qutbliligi qarama-qarshisiga o‘zgaradi. Qayta 37 ko‘paytirgichdan keyin signal standart tashuvchi modulyatoriga (BFM, KFM va h.k.) beriladi. 1.18- rasm. Ikkilik uzatish va binar PKTT uchun spektrni to‘g‘ri kengaytirish protsedurasi Ko‘rish mumkinki, spektrni to‘g‘ri kengaytirish protsedurasi uzatiladigan bitning 0 va 1 qiymatlariga javob beradigan qarama- qarshi signallarni qoldirish bilan ikkilik uzatishning gauss kanalidagi halaqitbardoshligini yomonlashtirmaydi. Spektrni kengaytirishning ikkinchi usuli ishlatilganida axborot jo‘natmasining har bir simvoli ma’lum ketma-ketlikda beriladigan diskret chastotalar to‘plami yordamida uzatilishi kerak. Mavjud va istiqbolda ishlab chiqiladigan sotali aloqa tizimlarida sinxron yoki asinxron variantda amalga oshiriladigan spektrni to‘g‘ri kengaytirish ustun ishlatiladi. Bu ikki modifikatsiyalarning farqi juda sezilarli. Birinchisi qabul qilish tomonida turli abonentlarning signallari o‘zaro vaqt surilishlariga ega bo‘lmasligi uchun alohida abonentlarga tayinlanadigan barcha individual manzillar ketma- Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling