Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini bo‘lish  Chastota   Vaqt   3 ta vaqt kadrlari


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
 
1.17- rasm. Ajratilgan chastotalar diapazonini bo‘lish 
Chastota
 
Vaqt
 
3 ta vaqt kadrlari
 


35 
TDMAning kamchiliklariga sinxronlashtirishning uzilishiga 
sezgirlikni kiritish mumkin. Sinxronlashtirishga ega bo‘lmagan analog 
standartlarda amalda sotaning radiusi 35-40 kmni tashkil etadi, bunda 
radioaloqaning “qattiq baqirsa uzoqqa eshitiladi” tamoyiliga muvofiq, 
ya’ni uzatkichning chiqish quvvatini oshirilishi bilan uni 60 kmgacha 
yoki hatto 80 kmgacha (nazariy) oshirish mumkin. Raqamli 
standartlarda esa kamida TDMA texnologiyasida amalga oshirilgan 
absolyut kechikish vaqtini kompensatsiyalash tizimi 250 mksgacha 
intervalda ishlay oladi, bu sotaning 35 km maksimal radiusiga mos 
keladi. 
KKAKTU kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan ko‘p 
tomonlama ulanish (CDMACode Division Multiple Access). 
Uning asosida an’anaviy tor polosali tizimlardagiga qaraganda 
uzatiladigan 
xabarning 
polosasini 
atayin 
va 
ko‘p marttali 
kengaytirilishini ko‘zda tutadigan ma’lumotlarni uzatish tizimini keng 
polosali qurish (spread spectrum) g‘oyasiga yo‘nalish yotadi. 
Bu usulning nazariyasi 1935 yildayoq ishlab chiqilgan, lekin 
amaliy ishlatilishni FDMA va TDMAlardan sezilarli keyin oldi. U 
ishlatilganida barcha abonentlar orqali doimo tizimga aloqa uchun 
ajratilgan butun mumkin bo‘lgan diapzonning kengligi ishlatiladi. Bu 
texnologiyaning asosi trafik kanallarini Uolsh funksiyalari orqali 
ortogonal bo‘lish hisoblanadi. Ular faqat 64 ta aniqlangan. Shunday 
qilib, nazariy jihatdan bitta bazaviy stansiya 64 ta abonentlarga 
ishlashini tashkil etish mumkin. Lekin halaqitlarning ta’siri, 
shuningdek «soft handover»- sotalar orasida “yumshoq” qayta 
ulanish zarurati (umuman CDMA usulining afzalliklaridan biri 
hisoblanadigan) tufayli amalda qayd etilgan aloqa uchun 45 tagacha, 
harakatdagi aloqa uchun 25 tagacha ishlatiladi.
CDMAni ishlatadigan aloqa tizimlari TDMA ishlatilgandagi 
kabi sinxronlashtirishni talab qiladi. Lekin bu yerda sinxronlashtirish 
bo‘g‘ini sifatida Global Pozitsiyalash Tizimi (GPS) qatnashadi. 
CDMA tamoyillari asosida qurilgan aloqa tizimlarining afzalligi 
boshqa usullarni ishlatishda samarali ishlash uchun zarur bo‘ladigan 
chastotaviy rejalashtirishning yo‘qligi hisoblanadi. Bundan tashqari, 
signal/shovqin nisbati (ideal holda 3-5 dB) past va CDMA 
tamoyilining ishlatilishini o‘zi (shovqin sifat signallarning ishlatilishi) 
boshqa standartlarga qaraganda uzatkichlarning 2-3 tartibga kam 
nurlantirish quvvatilarini ishlatishga imkon beradi, bunda u atigi


36 
10 mVt va undan pastni tashkil etadi. TDMAdan farqli ravishda 
CDMA asosidagi tizimlarning xizmat ko‘rsatish zonasi asosan 
abonentlar stansiyalarining quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu texnologiya 
asosidagi tarmoqning sig‘imi TDMAdagiga qaraganda o‘rtacha 5 
marta va FDMAdagiga qaraganda esa 10 martta ortiq. Bunda uni 
qurish uchun o‘sha qamrab olishdagi TDMA texnologiyasi asosidagi 
tarmoqqa qaraganda taxminan 40% bazaviy stansiyalar soni zarur 
bo‘ladi. 
CDMA usulining ishlatilishi birlamchi signal (abonentning 
ovozi) bazasini sezilarli sun’iy kengaytirishdan iborat, u quyidagi 
ikkita asosiy usullarda amalga oshiriladi:
• to‘g‘ri kengaytirish - direct sequence spread spectrum (DSSS);
• tashuvchi chastotani sakrashsimon o‘zgartirish - frequency hop 
spread spectrum (FHSS).
Birinchi 
variantda 
axborot 
xabari 

davomiylikdagi 
elementlardan (chiplardan) tashkil topgan psevdo-tasodifiy ketma-
ketlikni 
(PTKK) 
manipulyatsiyalaydi, 
binobarin, 
chiplarning 
davomiyligi 
uzatiladigan 
axborot 
biti 
yoki 
simvolining 

davomiyligidan ko‘p marttaga (N marttaga) kichik bo‘ladi. N qiymat 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi xabarning polosasiga qaraganda uzatish 
polosasining kengaytirilishi darajasini xarakterlaydi va shuning uchun 
spektrni kengaytirish koeffitsienti deyiladi (ingliz tilidagi matnlarda 
spreading factor yoki processing gain).
Aytib o‘tilgan uzatiladigan D(t) oqim bilan c(t) PTKK 
manipulyatsiyalash odatda oddiy ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi 
(1.18a- rasm). 
1.18b– g-rasmlardagi diagrammalar ikkilik uzatish va binar 
PKTT misoli uchun to‘g‘ri kengaytirish protsedurasining tarkibini 
ko‘rsatadi. 
1.18v- rasmda davriy binar PTKK tasvirlangan bo‘lib, uning
N = 8 chiplardan iborat davri bitta xabar jo‘natmasi davomiyligiga 
mos keladi (umumiy holda PTKK davri ixtiyoriy, xususan, axborot 
jo‘natmasining davomiyligidan sezilarli katta bo‘lishi mumkin, buning 
ustiga PTKK umuman aperiodik bo‘lishi mumkin). To‘g‘ri 
kengaytirish natijasi, agar axborot jo‘natmasi nolinchi bitni tashisa 
(1.18b-rasmdagi D(t) musbat qutb) ravshan bo‘ladi (1.18g-rasm), 
qayta ko‘paytirgich chiqishidagi PTKKning boshlang‘ich versiyasi 
bo‘ladi.Jo‘natma orqali joriy bitning 1 qiymati uzatilganida 
PTKKning 
qutbliligi 
qarama-qarshisiga 
o‘zgaradi. 
Qayta 


37 
ko‘paytirgichdan keyin signal standart tashuvchi modulyatoriga 
(BFM, KFM va h.k.) beriladi.
1.18- rasm. Ikkilik uzatish va binar PKTT uchun spektrni to‘g‘ri 
kengaytirish protsedurasi 
Ko‘rish mumkinki, spektrni to‘g‘ri kengaytirish protsedurasi 
uzatiladigan bitning 0 va 1 qiymatlariga javob beradigan qarama-
qarshi signallarni qoldirish bilan ikkilik uzatishning gauss kanalidagi 
halaqitbardoshligini yomonlashtirmaydi. 
Spektrni kengaytirishning ikkinchi usuli ishlatilganida axborot 
jo‘natmasining har bir simvoli ma’lum ketma-ketlikda beriladigan 
diskret chastotalar to‘plami yordamida uzatilishi kerak. 
Mavjud va istiqbolda ishlab chiqiladigan sotali aloqa tizimlarida 
sinxron yoki asinxron variantda amalga oshiriladigan spektrni to‘g‘ri 
kengaytirish ustun ishlatiladi. Bu ikki modifikatsiyalarning farqi juda 
sezilarli. Birinchisi qabul qilish tomonida turli abonentlarning 
signallari o‘zaro vaqt surilishlariga ega bo‘lmasligi uchun alohida 
abonentlarga tayinlanadigan barcha individual manzillar ketma-

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling