Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Mobil radioaloqa sotali tizimlarining real abonentlar sig‘imi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
Mobil radioaloqa sotali tizimlarining real abonentlar sig‘imi. 
Turli harakatdagi radioaloqa tizimlarini tavsiflashda ularning 
abonentlar sig‘imi, ya’ni xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar soni 
noyaqqol tarzda radioaloqa kanllarining soni orqali aniqlanadi. 
Mutlaqo ravshanki, bu ikki tushunchalar ayniyat hisoblanmaydi. 
Xizmat ko‘rsatiladigan abonentlar sonini aloqa kanallari bilan 
cheklash noratsional hisoblanadi, chunki tizimning abonentlarini bir 
vaqtda aloqaga chiqishi ehtimolligi odatda kam bo‘ladi. Demak, aloqa 
kanallari bo‘lganida ayrim hollarda abonentlar ulanishni olmasligi 
ehtimolligi mavjud bo‘lsada va abonentlar soni kanallar soniga 
qaraganda qanchalik katta bo‘lsa bu ehtimollik shunchalik katta 
bo‘lsada, tizim k abonentlardan ortiqqa xizmat ko‘rsata oladi. Bu 
yerdan bir butun masala kelib chiqadi, uning sharti quyidagi tarzda 
ta’riflanishi kerak: ulanishga rad etishning berilgan ehtimolligida qayd 
etilgan aloqa kanallari soniga ega bo‘lgan tizim qancha abonentlarga 
xizmat ko‘rsatishi mumkin yoki ulanishga qayd etilgan rad etishlar 
ehtimolligida berilgan abonentlar soniga xizmat ko‘rsatish uchun 
tizimda qancha aloqa kanllari bo‘lishi zarur. Qo‘yilgan masalani 
echish ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi qoidalariga asoslangan. 
Haqiqatan, mobil radioaloqa o‘z ma’nosi bo‘yicha ommaviy xizmat 
ko‘rsatish tizimiga, ya’ni tasodifiy chaqiruvlar oqimili, tasodifiy 
xizmat ko‘rsatish (aloqa seanasi) davomiyligili oxirgi xizmat 
ko‘rsatish (aloqa) kanallari sonili tizimlarga misol hisoblanadi. 
Tasodifiy 
chaqiruvlar 
oqimlarining 
eng 
umumiy 
xarakteristikalari vaqt birligidagi chaqiruvlar soni bilan (masalan, 
chaqiruvlar/soat) o‘lchanadigan ularni kelishining u o‘rtacha 
chastotasi va vaqt birliklarida ifodalanadigan aloqa seansining
o‘rtacha davomiyligi hisoblanadi. A = yT ko‘paytma Erlanglarda 
o‘lchanadigan (teletrafika nazariyasi sohasidagi o‘z ishlari bilan 
mashhur bo‘lgan daniyalik olim A. K. Erlang sharafiga) o‘rtacha 
trafikni aniqlaydi. Ta’kidlash kerakki, aloqa kanaliga va  T yuklama 
xarakteristikalari 
odatda 
tizimning 
uncha 
katta 
bo‘lmagan 
yuklanganlik intervalida, ya’ni tig‘iz paytda baholanadi. 


41 
t qayd etilgan vaqt mobaynidagi chaqiruvlar soni odatda Puasson 
taqsimoti - t vaqt ichida k chaqiruvlarning kelishi ehtimolligi orqali 
tavsiflanadigan diskret tasodifiy kattalik hisoblanadi. t aloqa seansi 
davomiyligi (bitta kanalning bandligi vaqti) uzluksiz tasodifiy kattalik 
hisoblanadi, 
uning 
ehtimolligi 
zichligi 
odatda 
eksponensial
(T-o‘rtacha qiymat) qabul qilinadi. 
Yangi chaqiruv kelgan momentda bo‘sh kanallarga ega 
bo‘lmagan tizim o‘zini qanday tutishiga bog‘liq ravishda uning 
quyidagi modellariga ajratiladi:
- cheklangan vaqtda kutishli tizim (Erlang A modeli), unga 
muvofiq bo‘sh kanal bo‘lmaganida chaqiruv navbatga qo‘yiladi va 
agar T qayd etilgan vaqt tugashi bilan band kanallardan hech biri 
bo‘shamasa, u bekor qilinadi; 
- rad etishli tizim, ya’ni bo‘sh kanallar bo‘lmaganida kelgan 
chaqiruvlar bekor qilinadi (Erlang V modeli);
- kutishli tizim, ya’ni chaqiruvlar navbatga qo‘yiladi va uzoq 
vaqtda davomida kanalning bo‘shashini kutishi mumkin (Erlang S 
modeli). 
Tizimga ulanishga rad etish ehtimolligini aniqlaydigan 
formulalar mavjud. Lekin ular juda katta va deyarli ishlatilmaydi. 
Amalda berilgan to‘silishi ehtimolliklarida kanallarli aloqa tizimlari 
uchun yo‘l qo‘yiladigan yuklamani Erlanglarda hisoblash uchun uning 
grafik ko‘rinishidagi yoki jadval ko‘rinishidagi berilishi ishlatiladi, 
ular mos texnik adabiyotlarda keltiriladi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling