Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
k-nchi abonent D(t)
axborot signali С(t) kodli ketma- ketliklar а) b) v) g) 38 ketliklarini (signaturalarini) o‘zaro sinxronlashtirish imkoniyati bo‘lganida qo‘llanilishi mumkin. Bunday vaziyat SMAT “pastga” (BTSdan MSga) liniyasi uchun xarakterli, chunki turli MSlarga qat’iy bir vaqtda jo‘natilgan BTS signallari alohida MSga o‘sha bir trassa bo‘yicha, ya’ni o‘zaro kechikishlarsiz keladi. “Yuqoriga” liniyasida BTS qabul qiladigan turli MSlardan signallar sinxronlashtirishini ta’minlash nazariy inkor etilmasada, yetarlicha qiyin va MSning BTSga nisbatan sotaning chegaralarida tasodifiy joylashishi va natijada signallarning o‘zaro tasodifiy kechikishi tufayli hammma vaqt ham texnologik o‘zini oqlayvermaydi. Bunday vaziyatlar uchun signaturalarning individual abonentlarga vaqtinchalik o‘zaro bog‘lab qo‘yilishini ko‘zda tutmaydigan DSSS asinxron versiyasining qo‘llanilishi xarakterli hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, uzatishda axborot signalining bazasining kengayishi bo‘lib o‘tadi, u butun ishchi diapazon bo‘yicha “chaplangandek” bo‘ladi. Tor polosali TDMAdan farqli ravishda kod bo‘yicha ajratish nafaqat chastota va vaqt bo‘yicha ajratishni, balki signalning oniy quvvati bo‘yicha ajratishni hisobga oladi (1.19- rasm). Oniy chastota, vaqt va quvvat kodning tarkibiy elementlari sifatida qatnashadi. 1.19- rasm. Signalni oniy quvvati bo‘yicha ajratish 39 Abonentda qabul qilishda esa kod yordamida butun diapazon bo‘ylab signalni “o‘rash” amalga oshiriladi, bunda boshqa uzatkichlarning signallari “ochiq” qoladi va qabullagich uchun ideal halaqit turi – oq gauss shovqini (OGSH) hisoblanadi. Bu texnologiyani turli tillarda so‘zlashadigan bir necha insonlar juftliklari bo‘lgan xona yordamida ko‘rsatish mumkin. Ular faqat bir- birlari bilan so‘zlashadi va boshqalar bilan qiziqishmaydi. Agar har bir juftlik faqat bitta tilini bilsa va uni ishlatsa, barcha tillar esa turlicha bo‘lsa, u holda xonaning havosi ularning ovozlari uchun “tashuvchi” bo‘lishi mumkin. O‘xshatish shundan iboratki, xonadagi havo keng polosali kanal hisoblanadi, tillar esa kodlar ko‘rinishida tarqaladi. Shunday qilib, ispancha so‘zlaydigan inson ispan tilidan boshqa hech bir tilni eshitmaydi va tushunmaydi. Juftliklar sonini oshirish umumiy fon so‘zlashuv imkoniyatini cheklamaguncha bo‘lishi mumkin. Barcha abonentlarning ma’lum qiymatdan ortishi kerak bo‘lmagan signallari quvvatlarini rostlash orqali nutqning yuqori sifati saqlanadigan ko‘p sonli abonentlarning aloqasi ta’minlanishi mumkin. Foydalanuvchilar yoki trafik kanallarining maksimal soni har bir kanalni intensiv ishlatilishiga bog‘liq va shuning uchun ma’lum hisoblanmaydi. Bu “yumshoq qayta yuklanish” (soft overload) konsepsiyasida aks etadi, unga muvofiq qo‘shimcha abonent boshqa abonentlar uchun halaqitlarning qandaydir ortishi hisobiga ulanishni olishi mumkin. Yakunda CDMA standarti ishlatilganida tarmoqni ishlab chiqishda umumiy halaqitlar sathini minimumga keltirish zarur, chunki boshqa abonentlar va bazaviy stansiyalar hosil qiladigan halaqitlar bilan birga ular o‘tkazish qobiliyatining yuqori bo‘sag‘asini aniqlaydigan omil hisoblanadi. CDMA tamoyilida qurilgan sotali aloqa tarmoqlari TDMAda amalga oshirilgan raqamli standartlar uchun an’anaviy bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarga ega. KKAKTUning KChAKTUva KVAKTUga qaraganda afzalliklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Ulardan birini istalgan keng polosali (spread spectrum) tizimlarni ajratib turadigan yo‘naltirilgan va keng polosali (shu jumladan atayin uyushtirilgan) halaqitlarga yuqori halaqitbardoshlik, ko‘p nurli tarqalish sharoitlarida samarali ishlash imkoniyati, mumkin kriptohimoyalash choralarining keng diapazoni, chastota-vaqt parametrlarining o‘lchashning yuqori aniqligi, radioaloqa va uzatish 40 tizimlari bilan yaxshi elektromagnit moslashuvchanlik va boshqalar tashkil etadi. Ikkinchi guruh to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘p tomonlama ulanish jihatlari bilan bog‘langan, ularga sotaga (sektorga) katta abonentlar sig‘imi, trafikning intensivligi ortganida aloqa sifatini kamayishining “yumshoq” xarakteri, “yumshoq” estafetali uzatish rejimini ishlatilishining oddiyligi kiradi. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling