Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Bitlarni aks ettirish
Demulti- pleksor Impulsni kengaytirish Impulsni kengaytirish Маvhum qism Haqiqiy qism 59 nuqtadan (–1,+1) nuqtaga radiosignal fazasini +45° qiymatdan +135° qiymatga o‘tishini xarakterlaydigan ko‘rsatkichni o‘tkazish mumkin. Bunday diagrammaning foydaliligini quyidagi misolda ko‘rsatish mumkin. 1.34-rasmdan ko‘rinib turibdiki, to‘rtta fazaviy traektoriyalar koordinatalar boshi orqali o‘tadi. Masalan, signallar turkumi (+1,+1) nuqtasidan (–1, –1) nuqtaga o‘tish yuqori chastotali tashuvchi tebranish oniy fazasini 180°ga o‘zgarishini bildiradi. Modulyator chiqishida odatda tor polosali yuqori chastotali filtr o‘rnatiladi, u holda signal fazasini bunday o‘zgartirilishi bu filtrning chiqishida, demak butun uzatish liniyasida signaning og‘masi qiymatlarining sezilarli o‘zgarishi bilan bo‘ladi. Raqamli uzatish tizimlarida radiosignalning og‘ma qiymatlarining o‘zgarmas emasligi ko‘p sabablarga ko‘ra kerak emas hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, FM-4 chastotalar resurslaridan foydalanish nisbatida FM-2ga qaraganda 2 martta tejamli, chunki o‘sha shakldagi, lekin jo‘natmaning ikki karrali cho‘zilishi hisobiga ikki marttaga toraytirilgan spektrga ega bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, ko‘rsatilgan yutuqqa qabul qilish halqitbardoshligini yomonlashtirmasdan erishilgan. Aslida FM-2da jo‘natma energiyasi Ebga teng bo‘lsin, u holda jo‘natmalarni xato qabul qilinishi ehtimolligini aniqlaydigan qarama – qarshi jo‘natmalar rasidagi evklid masofasi (geometrik uzunlikdagi qarama-qarshi vektorlarni beradigan) ni tashkil etadi (1.35a-rasm). FM-4da to‘rtta jo‘natmalarga uzunliklardagi to‘rtta biortogonal vektorlar mos keladi (1.35b- rasm) va o‘zgamas quvvatda E q jo‘natma energiyasi BFMdagiga qaraganda uzunlikning ikki martta oshishi hisobiga E q = ikki martta ortadi. Bunda jo‘natmalarni xato qabul qilish ehtimolliklaridan eng kattasini aniqlaydigan qo‘shni vektorlar orasidagi masofa oldingidek qoladi, bu FM- 2dan FM-4ga o‘tishda qabul qilish halaqitbardoshligining qandaydir sezilarli yomonlashishi bo‘lmasligini bildiradi. Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, jo‘natmaning davomiyligini keyingi oshirilishida ma’lumotlarni uzatilish tezligini saqlash talabi qo‘shni vektorlarning yaqinlashishiga olib keladi. Jo‘natmaning davomiyligini tezlikni kamaytirmasdan uch martta oshirilishi bitta jo‘natma orqali sakkizta xabarlarni uzatilishini bildiradi, ya’ni BFMga qaraganda jo‘natma energiyasining uch martta oshirilishi qo‘shni 60 kanallar orasidagi burchakni 45°gacha kamaytirilishi (1.35v- rasm), ya’ni minimal evklidlarni masofagacha kamaytirish bilan kompensatsiyalanadi. 1.35- rasm. Fazaviy manipulyatsiyalashni geometrik talqin etish Shunday qilib, polosadagi uch marttalik yutuq 3,5 dB tartibdagi energetik yo‘qotishlar bahosiga (vektorlarning yaqinlashishini kompensatsiyalaydigan va xatolik ehtimolligini oldingi darajagacha kaytiradigan energiyaning ortishi aynan shunday bo‘lishi kerak) olinadi. Bunday usulda spektral samaradorlikni keyingi oshirish energiya sarflari maqsadlarida befoyda bo‘lib qoladi. Polosadagi M-karrali yutuq 2M-lik FMda quyidagicha energetik yutqazishli bo‘ladi: martta Prinsip jihatdan signallar vektorlari orasidagi minimal masofani maksimallashtiradigan tekislikda signallar vektorlarini optimallashtirish hisobiga aytib o‘tilgan energetik yo‘qotishlarni ma’lum kamaytirish imkoniyati mavjud. Bunda vektorlar bir xil bo‘lmagan uzunlikka ega bo‘ladi, ya’ni fazaviy manipulyatsiyalash parallel ravishda amplitudaviy manipulyatsiyalash bilan to‘ldiriladi. Amplitudaviy-fazaviy va kvadraturali amplitudaviy manipulyatsiyalash (AFM va KAM) nomlari bilan ma’lum bo‘lgan bunday usullar telekommunikatsion tarmoqlarda (kabelli, radioreleli aloqa va h.k.) keng tarqalgan. Lekin simsiz mobil telefoniya tizimlarining o‘ziga xosligi portativ terminalning avtonom ishlashi 61 muddatini (zaryadlamasdan yoki batareyalarni almashtirmasdan) uzaytiradigan va uning hajm-og‘irlik xarakteristiklarini tijorat o‘ziga tortishiga ko‘maklashadigan samarali energiya tejamorligining juda muhimligidan iborat. Bu sabablarga ko‘ra, ko‘p karrali FM (16 va undan ortiq fazalar sonili) AFM va KAM bilan bir qatorda mobil aloqa tizimlari radiointerfeyslarida ishlatilmaydi va faqat sakkiz darajali FM (8-PSK) ma’lumotlar tezligini oshirish maqsadida EDGE spetsifikatsiyasi doirasida ikkinchi avlod tizimlari uchun tavsiya etilgan. Lekin sotali radioaloqa uchinchi va to‘rtinchi avlodlari tizimlari uchun uzatish tezliklariga ortgan talablar tufyli yuqoriroq tartibli FMni ishlatishga to‘g‘ri keladi. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling