Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FM-8 signallar. Modulyator kirishiga beriladigan axborot
bitlari oqimini keyin FM-8, FM-16 va h.k. signallarni hosil qilish bilan 3 tadan, 4 tadan bitlarli guruhlarga bo‘lish mumkin. 1.39-rasmda FM-8 radiosignal uchun signallar turkumi tasvirlangan. 1.39- rasm. FM-8 radiosignal uchun signallar turkumi Bu modulyatsiyalash usuli uchun boshlang‘ich fazalari modulyatsiyalanmagan tashuvchi tebranish oniy fazasidan 45°ga karrali bo‘lgan burchakka farqlanadigan sakkizta kanallar simvollariga ega bo‘lish zarur. Agar barcha kanallar simvollarining amplitudlari bir xil bo‘lsa, u holda signallar nuqtalari aylana bo‘ylab joylashadi. Bu simvollar kompleks amplitudalarining mavhum va haqiqiy qismlarining bo‘lishi mumkin qiymatlari bunda quyidagi ko‘plikdan qiymatlarni qabul qiladigan I va Q koeffitsientlarga proporsional bo‘ladi: . 2 2 , 1 , 0 , 1 , 2 2 (1.9) Haqiqiy qism Маvhum qism Mavhum qism Haqiqiy qism 64 Signallar turkumlari va axborot bitlari uchliklari orasida moslikni o‘rnatish oson emas hisoblanadi. Bu jarayon odatda signalli kodlash deyiladi. 1.2-jadvalda bunday moslikka misol keltirilgan bo‘lib, u bo‘lishi mumkin, lekin eng yaxshi hisoblanmaydi, chunki eng yaxshi moslikni o‘rnatilishi uchun dastlab bunday signalni demodulyatsiyalanishi usulini halaqitlarning mavjudligiga aniqlash, keyin esa bitta kanal simvolini qabul qilish yoki bitta axborot bitini qabul qilishda xatolik ehtimolligini hisoblash zarur. 1.2- jadval Signalli kodlada moslikning o‘rnatilishi FM-8da boshlang‘ich fazaning qiymati Koeffitsientlar qiymatlari Uchta axborot simvollaridan (bitlaridan) guruhlar I Q 0° 1 0 011 + 45° 2 / 2 2 / 2 001 + 90° 0 1 000 + 135° 2 / 2 2 / 2 100 + 180° – 1 0 101 – 135° 2 / 2 2 / 2 111 – 90° 0 – 1 110 – 45° 2 / 2 2 / 2 010 1.40- rasmda FM-8 radiosignalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi tasvirlangan bo‘lib, bu yerda asosiy oldin ko‘rib chiqilgan modulyatorlar qurilmalariga o‘xshash qurilmalar hisoblanadi. 1.40- rasm. FM-8 radiosignallarni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi Ma’lumotlar demulti- pleksori Impulsni kengaytirgich Тranskoder RAO’ RAO’ 65 Demultipleksor T s davomiylikdagi kirish axborot bitlari oqimini uchta nim ketma-ketliklarga taqsimlaydi, kechiktirish elementlari bu nim ketma-ketliklarni tekislaydi, kengaytirgichlar har bir simvolning davomiyligini kanal simvoli davomiyligini T ks = 3T s qiymatigacha oshiradi. Signalli kodlash bu holda FM-8 radiosignal kompleks og‘masining sinfaz va kvadraturali komponentlari qiymatlarini hisoblashga keltiriladi. Bu operatsiya signallar koderi orqali bajariladi, uning tarkibiga L-bitli so‘zlarli ikkita raqamli chiqishlarga ega bo‘lgan transkoder kiradi, L-bitli so‘zlar RAO‘da ko‘plikdan talab qilinadigan qiymatlarli analog qiymatlarga o‘zgartiriladi. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling