Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI 1.1 . Radioaloqani tashkil etish tamoyillari
6 1-Bob. SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI ASOSLARI 1.1. Radioaloqani tashkil etish tamoyillari Radioaloqaning eng oddiy sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan. 1.1- rasm. Radioaloqa sxemasi Bu yerda: 1– ma’lumotlar (raqamli ma’lumotlar, tasvir, ovoz va h.k.) manbai; 2– xabar o‘zgartirigichi keladigan ma’lumotlarni elektr signalga o‘zgartiruvchi qurilma; 3– uzatkichli modulyator. 4– radioqabul qilish qurilmasi. 5 – Detektor. 6 – Qayta tiklash qurilmasi. Signalni modulyatsiyalash zarurati shundan iboratki, elektr signalga o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, ma’lumki, past chastotali signal yomon nurlanadi. Radiosignal deyiladigan modulyatsiyalangan yuqori chastota tebranishlar uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit to‘lqinlarni qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar energiyasi qismi qabul qilish antennasiga etib boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan yuqori chastotali tokni hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytiriladi va keyin o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday o‘zgartirish detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi – harf teruvchi apparat, telefon, televizion qabul qilish trubkasi va boshqalarga beriladi, so‘ngra qabul qilingan ma’lumotlar oluvchiga beriladi. 7 Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti, qabul qilish antennasi va qabullagichdan iborat kompleks radioliniyani hosil qiladi. 1.2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan qabullagich joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi. Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni, aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi. Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2- rasm). Turli 1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (7a–7n), bundan keyin ular 8a-8n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi. Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi. 1.2- rasm. Zichlashtirish apparaturali radioliniya Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir- birlariga qarama-qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa qurilmalari jamlanmasi yordamida ta’minlanadigan ikki tomonlama radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama radioaloqaning har bir oxirgi punktida ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalari joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek ayrim hollarda uzatkich va qabullagich ham yagona qabul qilish- Uz ati sh zic hlashti rish appa ra tu ra si Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling