Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Harakatdagi SYA. HSYA tizimlari 30 yil oldin paydo bo‘lgan
(birinchi mobil radiotelefon aloqasi global tizimi va Marisat geostatsionar KA 70-nchi yillarning o‘rtalarida Comsat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bunga sabab harakatdagi ob’ektlarning past energiya qurollanishi va ularni ishlatilishining qiyinroq sharoitlari (joy relefining ta’siri, antennalarning o‘lchamlari bo‘yicha cheklashlar va h.k.) bo‘ldi. Oddiy statsionar yer stansiyalari hatto radioko‘rinishning 5 o ishchi burchaklarida barqaror aloqani ta’minlaydi, harakatdagi abonentlar uchun ishonchli aloqani esa faqat sezilarli yuqoriroq qiymatlarda kafolatlash mumkin. KA radioko‘rinishining katta burchaklari murakkab relyefli yaqin zonada radioto‘lqinlarni tarqalishida so‘nishlar bilan asoslanadigan yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan radioliniyaning energetik zahirasini kamaytirishga imkon beradi. HSYA nimtizimlari asosan harakatdagi yer usti stansiyalari bilan ishlashni ta’minlaydigan katta markaziy va bazaviy stansiyalarli radial yoki radial-uzelli tuzilmagan ega bo‘lgan tarmoqlar uchun yaratildi. Talab bo‘yicha kanallar taqdim etiladigan tarmoqlardagi oqimlar uncha katta bo‘lmagan, shuning uchun ularda ko‘pincha bir yoki kam kanalli yer usti stansiyalari qo‘llanilgan. Odatda bunday tarmoqlar olisdagi harakatdagi ob’ektlar (kemalar, samoletlar, avtomobillar va h.k.) bilan idoraviy va korporativ tarmoqlarni yaratish uchun, davlat 141 tuzilmalarida, tabiiy ofatlar hududlarida va favqulodda vaziyatlarda aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. HSYAning rivojlanishidagi sifatli sakrash ma’lumotlarni raqamli uzatish usullarini joriy etilishi bilan va nogeostatsionar orbitalardagi (past aylanishli va o‘rtacha balandlikli) KAlar asosida sun’iy yo‘ldoshli tizimlarning birinchi loyihalarini paydo bo‘lishi tufayli bo‘lib o‘tdi. Bunday sun’iy yo‘ldoshlarning orbitalari Yer sirtiga yaqin, bu an’anaviy yer usti stansiyalarining o‘rniga kichik hajmli terminallar (telefon go‘shagi) va uncha katta bo‘lmagan antennalarni ishlatilishi imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda dunyoda past orbitalardagi KAlardan foydalanadigan 30 tadan ortiq milliy va xalqaro (hududiy va global) loyihalar mavjud. Ulardan eng ma’lumi Globalstar, Iridium, Orbcomm (AQSH), shuningdek Rossiyaning "Gonets" va "Signal" loyihalaridir. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling