Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘rtacha balandlikli orbita. O‘rtacha balandlikli tizimlar geostatsionar tizimlarga qaraganda harakatdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning sifatliroq xarakteristiklarini ta’minlaydi, chunki abonentning ko‘rish maydonida bir vaqtda ko‘p sonli KAlar bo‘ladi. 136 Buning hisobiga KAni ko‘rishning minimal burchaklarini 25 o — 300 o gacha oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Masalan, ICO tizimida ikkita yo‘ldoshlarning radio ko‘rinishi sutkalik vaqtning 95% davomida ta’minlanadi, binobarin KAlardan biri 300 o dan ortiq burchak ostida ko‘rinadi. Bu esa, o‘z navbatida, yaqin zonada tarqalishdagi yo‘qotishlarni (unda daraxtlar, binolar va boshqa to‘siqlar bo‘lganida) kompensatsiyalash uchun radioliniyaning qo‘shimcha energetik zahirasini kamaytirishga imkon beradi. 3.5-rasm. Geostatsionar orbitada KAning holatlari nuqtalari Lekin nogeostatsionar orbital guruhning (OG) joylashish o‘rnini aniqlashda tabiy cheklashlarni hisobga olish zarur, bu Yerning magnit maydoni qamrab oladigan Van-Allen radiatsion tasmalari deyiladigan zarayadlangan zarrachalarninng fazoviy tasmalari hisoblanadi (3.6-rasm). Yuqori radiatsiyasi birinchi barqaror tasmasi taxminan 1500 kmda boshlanadi va bir necha minglab kilometrlargacha cho‘ziladi, uning “qadami” ekvatorning har ikkala tomoni bo‘yicha taxminan 300 kmni tashkil etadi. Ikkinchi tasma shunday yuqori intensivlikda 10 ming imp./s ekvatorning har ikkala tomoni bo‘yicha taxminan 500 kmni qamrab olish bilan 13 dan 19 ming km gacha balandliklarda joylashadi. O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar trassasi Van-Allen birinchi va ikkinchi tasmalari orasidan, ya’ni 5 dan 15 ming kmgacha balandlikda o‘tadi. Har bir KAning xizmat ko‘rsatish zonasi geostatsionar xizmat ko‘rsatish zonasidan sezilarli kichik, shuning uchun Yer sharining va kemalar qatnaydigan akvatoriyalarning eng ko‘p aholili hududlarini bir martalik qoplash bilan global qamrab olish uchun 8-12 ta sun’iy yo‘ldoshlardan OGni yaratish zarur. 137 O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar orqali aloqada signalning yig‘indi kechikishi 130 msdan ortiq bo‘lmagan vaqtni tashkil etadi, bu ularni radiotelefon aloqasi uchun ishlatishga imkon beradi. Shunday qilib, o‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlardan energetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yutadi, lekin ularga KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish zonasida bo‘lishi davomiyligi (1,5—2 soat) bo‘yicha yutqazadi. 3.6-rasm. Van-Allen zonalaridagi radiatsiya darajalari: GN – geografik shimol; MN – magnit shimol; R/Rz – nisbiy masofa, bu yerda R yer = 6371 km (Yer radiusi), R – balandlik Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling