Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


 Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqa


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114
 
5.3. Bluetooth, HomeRF, ZigBee, NFC va Wireless USB aloqa 
texnologiyalari 
 
Bluetooth. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida simsiz 
telefonlar, 
kompyuterlar 
va 
turli 
periferiyalarning 
aloqasini 
ta’minlashga imkon beradigan qisqa masofalarga ma’lumotlarni 
uzatish radiotexnologiyasi hisoblanadi [23,26]. Kompyuterda yoki 
mobil telefonda mavjud bo‘lgan shtatdagi interfeysning ishlatilishi 
ko‘p hollarda juda qulay bo‘ladi (5.2- rasm). 


180 
 
5.2- rasm. Bluetooth tizimi
Mavjud 
qurilmalar 
uchun 
standart 
Bluetooth-bog‘lanish 
profillarini ishlatadigan uncha qimmat bo‘lmagan o‘rnatiladigan 
radiomodullar taklif etilmoqda. Masalan, simsiz garnituralarda 
HeadSet profili ishlatiladi, qurilmalar orasida fayllarni almashlash 
uchun FTP profili ishlab chiqilgan mobil telefonlarda Dial-up 
Networking Profile profili qo‘llaniladi. Ma’lumotlarni to‘plash va 
boshqarish tizimlarida ko‘pincha SPP ketma-ket porti profili 
ishlatiladi. 
Bluetooth 
protokoli 
nuqta-nuqta 
va 
nuqta-ko‘p 
nuqta 
topologiyalarini qo‘llaydi. Ikki yoki undan ortiq o‘sha bir kanalni 
ishlatadigan qurilmalar pikotarmoqni (piconet) tashkil etadi. Bunda 
qurilmalardan biri asosiy (Master) sifatda, qoganlari esa bo‘ysunuvchi 
(Slave) qurilmalar sifatida ishlaydi. 
Bluetooth qabullagich-uzatkichlari 2.45 GGs chastotada ishlaydi 
va FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum – chastotani 
sakrashsimon qayta sozlanishi) spektrni kengaytirish usulini ishlatadi. 
Uzatkichning quvvatiga bog‘liq ravishda Bluetooth® qurilmalar 
uchta sinflarga bo‘linadi: 
- 1-sinf – 100 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 100 metrgacha); 
- 2-sinf – 2,5 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 15 metrgacha); 
- 3-sinf – 1 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 5 metrgacha). 
Uzatiladigan ma’lumotlar tezligi ishlatiladigan spetsifikatsiya 
versiyasi va Bluetooth profiliga bog‘liq bo‘ladi. Ketma-ket port profili 
ishlatilganida ma’lumotlarni uzatish tezligi 704 kbit/c nazariy 
chegaraga ega bo‘ladi. 


181 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling