IBOC texnologiyasi. IBOC texnologiyasining asosiy g‘oyasi
analog uzatishdan raqamli uzatishga qo‘shimcha kanallardan
foydalanilmasdan asta-sekin o‘tishdan iborat. Bugungi kunda
amplitudaviy modulyatsiyalashli (AM) uzatishda band bo‘lgan uzun,
qisqa va o‘rta to‘lqinlar diapazonlari va chastotaviy modulyatsiyali
(FM) 87,5-108 MGs diapazondagi UQT-diapazonlari ko‘rib
chiqilmoqda. Ulardan har birida ikkita uzatish rejimlari – aralash va
to‘liq raqamli rejimlar ko‘zda tutilgan. Birinchi holda bir vaqtda
analog va raqamli uzatish, ikkinchi holda esa faqat raqamli uzatish
bo‘lib o‘tadi.
IBOC uzatish tizimi COFDM ortogonal tashuvchilardan
foydalaniladigan
modulyasyailash
texnologiyasida
quriladi.
Audiosignal raqamli va analog ko‘rinishda parallel translyasiya
qilinadi. Raqamli traktda audiokodlash, himoyaviy kodlash va
navbatlashtirish bo‘lib o‘tadi, bundan keyin raqamli ketma-ketlik
OFDM-modulyatorga beriladi. Analog signal kechikish bilan standart
analog traktga beriladi va qayta ishlanganidan keyin OFDM-
modulyator raqamli signali bilan aralashtiriladi. Fazaviy-amplitudaviy
modulyatsiyalashdan keyin yig‘indi signal standart uzatish moduliga
beriladi.
Yevropa tizimiga qaraganda Amerika tizimining asosiy afzalligi
bu qurilmalarning, avvalo qabullagichning arzonligi hisoblanadi.
Yer usti uzatish tizimlaridan tashqarida AQShda muhim rol
sun’iy yo‘ldoshli raqamli radioeshittirishga beriladi. Bu yerda Sirins
Satellite Radio va XM Satellite Radio kompaniyalarining ikkita
tizimlari real raqobatlashadi. Texnik nuqtai nazardan bu sun’iy
yo‘ldoshli tizimlar ko‘p jihatdan noyob. Chunki ular asosan avtomobil
radiosi biln ishlash uchun mo‘ljallangan va ommaviy iste’molchilar
bozoriga yo‘naltirilgan, ularning qabullagichlari oldin chiqarilgan
istalgan sun’iy yo‘ldoshli resiverlarga qaraganda arzon bo‘lishi kerak.
Qabul qilish antennalari majburiy yo‘nalitirilmagan va past
kuchaytirishli bo‘ladi, chunki qimmat turadigan sun’iy yo‘ldoshni
kuzatish antennalari tizimi ma’qul emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |