3.8. CAMBRIDGE UNIVERSITY PRESS
Cambridge University Press – 1534-yilda tashkil etilgan nufuzli universitet nashriyoti. Lingvistika, iqtisod, moliya, menejment, sotsiologiya, psixologiya, yurisprudensiya va san’at kabi maxsus fan sohalariga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni taqdim etadi. Fondi 50000 nomdan iborat bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar, kasbiy rivojlanishni aks ettiruvchi 350 dan ortiq ilmiy jurnallar, maktab o‘quvchilari uchun ta’limiy resurslarni o‘z ichiga oladi.
Tematik bazalari:
Cambridge Journals Online – fanning 25 sohasi bo‘yicha elektron jurnallar kolleksiyasi. Har yili nashriyot eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlarni aks ettiruvchi 300dan ortiq retsenziyalangan akademik jurnallarni chop etadi.
Cambridge Books Online
Cambridge Books Online butun dunyoga taniqli Cambridge universiteti nashriyotining barcha sohalar - tabiiy fanlar, texnika, meditsina, gumanitar va sotsiologiya fanlariga oid kitoblarni online tarzda taqdim etadi. Dinamik va innovatsion internet-resurslar, ya’ni Cambridge Books Online foydalanuvchilarga ilmiy tadqiqotlar va o‘quv jarayonlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashda yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Cambridge Books Online o‘z foydalanuvchilariga:
barcha fan sohalariga oid 15000 dan ortiq elektron kitoblar;
yangi kelib tushayotgan adabiyotlar va arxiv materiallari;
eng yangi kitoblar va eng ko‘p nomda so‘raladigan adabiyotlar;
aniq bir soha bo‘yicha kolleksiyalar (Predefined Collections) taqdim etadi. Bunda har oyda yangi nomdagi adabiyotlar qo‘shilib boriladi. Barcha elektron shakldagi kitoblar PDF formatda MARC 21 formatidagi yozuvlari bilan kutubxona kataloglarini yaratish uchun taqdim etiladi.
http://ebooks.cambridge.org/
Sambridge Law Reports – yurisprudensiyaga oid asosiy ma’ruzalarga, shu jumladan, huquq bo‘yicha xalqaro ma’ruzalarga kirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |