Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Cambridge Companions online (Online Cambridge hamkorligi)


Download 1.96 Mb.
bet56/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Cambridge Companions online (Online Cambridge hamkorligi) - bu «Cambridge Xrestomatiyasi»ning taniqli elektron versiyasidir. Kolleksiyada adabiyot, falsafaga, shuningdek, din, madaniyat va musiqaga oid mumtoz tadqiqotlar, materiallar yig‘ilgan. Mashhur yozuvchi, musavvir, faylasuf va musiqachilar ijodi jonli, qulay ko‘rinishda taqdim etilgan. Ushbu kolleksiyalar talaba hamda olimlar uchun nihoyatda qiziqarli resurslardan biridir.
Online Cambridge kolleksiyalari:

  • 450 tomdan ortiq bo‘lib, ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib turadi;

  • Qidiruv tizimi muallif, nomi, sarlavha yoki mavzu bo‘yicha amalga oshiriladi;

  • Interfeys qidiruv natijalarini saqlash, tanlangan matnlarni belgilash va foydalanuvchining individual ro‘yxatini tuzish imkoniyatini beradi;

  • Bibliografik yozuvlar MARC formatida yaratilgan.

Bunda to‘liq kolleksiyalar hamkorligi, shuningdek, fan sohalariga oid kolleksiyalar:

  • Adabiyot va mumtoz kolleksiyalar;

  • Falsafa, din va madaniyatga oid kolleksiyalar;

  • Cambridge musiqa kolleksiyalariga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

Cambridge Histories Online (Online Cambridge tarixi) - ensiklopedik xarakterga oid noyob kitoblarning yig‘indisi bo‘lib, ular mamlakat, o‘lka, qit’a, sivilizatsiya, asrlar tarixi, shuningdek jamiyat turmushi, dini, fani, adabiyoti va san’ati tarixini o‘z ichiga oladi.
Cambridge Histories Online (Online Cambridge tarixi) kolleksiyasi 300 tomdan ortiq bo‘lib, arxivi 1960-yildan, bugungi kungacha bo‘lgan materiallarni qamrab oladi. Mukammal qidiruv tizimiga ega bo‘lib, tarmoq orqali (web) kirish imkoniyati mavjud. Barcha nashrlar mavzular bo‘yicha guruhlashtirilgan (klassifikatsiyalashtirilgan) bo‘lib, kerakli ma’lumotni tez va oson topishga yordam beradi.
Aniq va keng qamrovli bibliografiya va bir qancha boshqa foydali funksiyalar ushbu resurslar bilan ishlashni nihoyatda qulaylashtiradi. Cambridge Histories Online (Online Cambridge Tarixi) har qanday tarixiy tadqiqotlar turiga mos kelib, unda ikki turdagi nashrlar mavjud:

  • Dunyo mamlakatlarining siyosiy va iqtisodiy tarixiga tegishli nashrlar: Histories of China, Histories of Japan, Histories of Africa, Histories of Latin America, Histories of Islam, Histories of Iran, Histories of Russia va b.

  • Tarixning boshqa tarmoqlari: The Cambridge History of Renaissance Political Thought, Cambridge Modern History, the Cambridge History of English Literature, the Cambridge Medieval History, the Cambridge Ancient History, The New Cambridge History of India: The Mughal Empire, The Cambridge History of the Book in Britain, The Cambridge History of Victorian Literature, The Cambridge History of Musical Performance va b.)

Ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda yangi nashrlar bilan to‘ldirib boriladi. Cambridge Histories Online (Online Cambridge tarixi) - noyob dinamik resurs bo‘lib, yangi materiallar bosmadan chiqishi bilanoq ma’lumotlar bazasiga kelib tushadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling