Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


OOO «IVIS» / «IVIS» MChJ / «IVIS» Ltd


Download 1.96 Mb.
bet59/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

3.10. OOO «IVIS» / «IVIS» MChJ / «IVIS» Ltd


MChJ«IVIS»Rossiyaning davriy nashrlar, kitoblar, mikrofilmlar, vaqtli nashrlar va axborot resurslarini tarqatuvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. «East View Information Services, Inc» Amerika kompaniyasining Rossiya va MDHdagi distribyuteri va eksklyuziv hamkori hisoblanadi.
Kompaniya materiallari yirik kutubxonalar, arxivlar, OTMlar, tijorat va davlat muassasalari hamda katta miqdordagi tezkor axborot zarur bo‘lgan, gazeta va jurnallardan foydalanish ehtiyoji bo‘lgan muassasalarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Kompaniya mahsulotlari dunyoning turli qismilaridagi axborotlarni taqdim etadi: MDH, Sharqiy Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyo kabi davlatlar. Ular ichidan quyidagilarni topish mumkin:
- vaqtli nashrlarning to‘liq matnli elektron bazasi;
- bosma vaqtli nashrlar;
- mikrofilmlar va mikrofishlar;
- kitoblar.
«IVIS» kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari uchun quyidagi keng miqyosdagi qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi:

  • Qo‘lyozma va bosma nashrlarni raqamlashtirish;

  • Transportni tashkillashtirish;

  • Kutubxona kolleksiyalari va arxiv materiallarini mikrofilmlash;

  • Zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanishini asosiy faktorlaridan biri, doimo yangilanib turadigan axborot oqimidan kerakli axborot tezda topish, elektron ma’lumot bazalarini qo‘llash, ma’lumotlarni qayta ishlashga imkoniyat yaratish. «IVIS» kompaniyasi Rossiya va MDH davlatlarida shu kabi axborotlarni taqdim etuvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

«IVIS» kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan asosiy resurslar:
«Центральная пресса России» ma’lumotlar bazasi 30 dan ortiq markaziy kundalik va haftalik nashrlarning to‘liq matnlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Resurs ikki milliondan ziyod maqolalarni o‘z ichiga oladi. Arxiv ko‘lami –1980-yildan boshlangan.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling