Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


«Новостные ленты информационных агентств» -


Download 1.96 Mb.
bet61/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

«Новостные ленты информационных агентств» - bu Rossiya va MDH davlatlarida yuz berayotgan voqealar haqida tezkor axborotga ega bo‘lish maqsadida, axborot agentliklarini rus va ingliz tilidagi materiallarini taqdim etadi.
«Международные новости службы «World News Connection» turli kontinentlarning ommaviy axborot vositalarining (televideniya, radio, gazeta, axborot agentliklari) ingliz tilidagi ma’lumot bazasini taqdim etadi.
«Дайджест постсоветской прессы» sobiq Ittifoq davlatlari hududida chop etilgan muhim materillarni yig‘indisidan iborat. Arxiv ko‘lami – 1949-yildan boshlangan.
«Библиотечное дело и информационное обслуживание»-bu, kutubxonachi, bibliograflar, arxiv va muzey ishi bo‘yicha mutaxassislar, kutubxonachilikka oid OTMlarning talaba va o‘qituvchilari uchun tuzilgan maxsus to‘liq matnli ma’lumot bazasi. Bu yerda kutubxona, arxiv va muzeylar sohasidagi muammolarni aks ettiruvchi kasbiy vaqtli nashrlardan.
«Российская национальная библиография» nomli elektron ma’lumotlar bazasi Rossiya kitob palatasi bilan hamkorlikda tayyorlangan noyob mahsulot hisoblanadi. Qidiruvning samarali tizimi – muallif, nomlanishi, nashriyoti, nashr etish yili, predmet rubrikasi va kalit so‘zlar bo‘yicha tezkor qidiruvni amalga oshirishga imkon beradi.
«Вопросы истории» jurnalini raqamlashtirish. 1926-yildan boshlab barcha sonlari mavjud. Bu loyihani amalga oshirish, 200 ming varoqdan iborat axborot massivi ichidan zarur axborotni tezkorlik bilan topishga imkon yaratadi.
«Вестник Европы» (1802-1830-yillar), Rossiyaning XIX asrdagi adabiyotshunoslik, san’at masalalari, ichki va tashqi siyosatning xususiyatlarini aks ettiradi.
«Вопросы литературы» (1957-yildan) – adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalarini yorituvchi eng ko‘p murojaat qilinadigan Rossiyaning ilmiy nashri hisoblanadi.
«IVIS» kompaniyasi Xitoyda chop etiladigan elektron axborot resurslarini keng spektrini taqdim etadi. Bular: «Переписы населения KNR» (online), «Statistika KNR» (online), «Статистические ежегодники по провинциям KNR» (CD-ROM), «Карты KNR с GIS данными переписи 2000 г.» (CD-ROM), «APABI. Музейные коллекции Китая» (online), «APABI. Коллекции электронных кгин Китая» (online), «CNKI-CDMD. База данных диссертаций KNR» (online) va boshqalar.
Barcha elektron ma’lumotlar bazasi qidiruv tizimiga ega bo‘lib, ikkita rejimda faoliyat yuritadi: oddiy (kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruv) va kengaytirilgan qidiruv (maydonlar bo‘yicha qidiruv).
Oddiy qidiruvda aniq ibora orqali qidiruv amalga oshiriladi. Mantiqiy operatorlar (AND, OR, NOT) va yaqinlik operatori (NEAR) qo‘llaniladi. Maydonlar bo‘yicha qidiruv maqolaning muallifi, sarlavhasi, shu jumladan, «to‘liq maqola» opsiyasi (muallif va sarlavha birgalikda) qidiruv imkonini beradi. Shuningdek, qidiruvni chegaralash imkoniyatiga ega bo‘lib, bunda nashr etish sanasi, axborot manbasi bo‘yicha chegaralash mumkin. Nashrlar katalogi orqali barcha sonlarning mundarijalari bilan tanishish hamda jurnallarning alohida sonlari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Materiallarni chop etish, saqlash, elektron pochta orqali jo‘natish imkoniga ega.
Elektron ma’lumot bazalaridan tashqari, kompaniya bosma nashrlarni tarqatish, shuningdek, Rossiyaning ichki siyosatidan tortib to ijtimoiy fanlarni rivojlanish borasidagi ilmiy va ommaviy jurnallarini ingliz tilida chop etadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling