Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individual loyixa ishi
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA`LIMI FAKULTETI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI 5350100 – Telekommunikasiya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi III – kurs, 631-18 guruhi talabasi Abduraxmonov Raximjon Individual loyixa ishi Mavzu: “Toshkent– Samarqand viloyatlari orasida optik transport tarmog‘ini loyixalashtirish” Qabul qildi: Tillaboyev A.A., Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistant o’qituvchisi Farg’ona 2020 R E J A: Kirish 1. Individul loyixa ishi ni bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar 2. Aloqa liniya inshoatlarini loyihalashtirish 3. Loyihalashtiruvchi aloqa magistralida kanallar soni hisobi 4. Loyihalashtirilayotgan magistral trassasini tanlash va asoslash 5. Sinxron raqamli transport moduli satxi va optik kabel rusumini tanlash 6. Loyihalashtiruvchi trassa magistrali uchun kabel tanlovi 7. Loyihalashtiriluvchi trassa uchun regenerasiya uchastka uzunlik hisobi 8. Liniya regeneratorlarini joylashtirish 9. Tolali optik aloqa liniya qurilishi Bajarilgan ish bo‘yicha xulosa Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ro’yhati Kirish O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini va abonentlar sonini oshirish, Internetga ulanishni yanada yuqori tezlikda taqdim etishga yo‘naltirilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, 2019-yilning to‘rt oyi mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Liniya kabel xo‘jaliklarini texnik me’yorda saqlash maqsadida eskirgan telefon tarmog‘i liniyalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, 4 ming km dan ortiq turli sig‘imdagi loqa kabel mahsulotlari yangilandi, Respublikaning barcha hududlarida XDSL texnologiyasi orqali taqdim etilayotgan telekommunikasiya xizmatlari sifati ko‘rsatkichlari oshirildi. 150 mingdan ortiq sig‘imga ega, tarmoqqa keng polosali ulanish qurilmalari o‘rnatilishi natijasida abonentlarga FTTx texnologiyalari bo‘yich optik aloqa liniyalari orqali telekommunikasiya xizmatlari taqdim etilmoqda. Joriy yilning birinchi choragi davomida 2 408 ta ko‘p qavatli uylar, 1 108 ta umumta’lim maktablari zamonaviy telekommunikasiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlandi. «O‘zbektelekom» AK tomonidan 2019-yil boshidan aholi va boshqa ijtimoiy soha muassasalariga GPON texnologiyasi orqali zamonaviy telekommunikasiya xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratish maqsadida 5 ming km.dan ortiq optik aloqa kabellari yotqizildi. “O‘zbektelekom” AK Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, respublikaning barcha viloyatlaridan qo‘ng‘iroqlar “1084” va “1086” qisqa raqamlariga qayta yo‘naltirilib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tizimi markazlashtirildi. Bu mijozlar murojaatlariga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida hozirgi vaqtda abonentlarni ulash uchun umumiy sig‘imi 146 944 portga ega GPON hamda 54 272 portli VDSL texnologiyasi qurilmalarni montaj va sozlash ishlari olib borilmoqda va joriy yilning 2-choragi yakuniga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yil 3-choragi yakuniga qadar qo‘shimcha 600 mingdan ortiq portga ega GPON qurilmalari yetkazish rejalashtirilgan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling