Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent


Loyixalashtiriluvchi trassa magistrali uchun kabel tanlovi va


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana22.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1043519
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
6. Loyixalashtiriluvchi trassa magistrali uchun kabel tanlovi va 
uning konstruktiv hisobi
 
 
 
6.1 Optik kabellarning sinflarga bo‘linishi 
Optik kabellar umumiy xolatda murakkab ko‘p komponentli tuzilishga ega 
bo‘lib, u optik tolalardan va elementlar jamlanmasidan iborat bo‘lib birinchi navbatda 
optik tolalarni kabel tayyorlash jarayonida, ularni transportirovka qilishda, yotqizishda 
va optik kabellarning ekspluatasiyasi jarayonida hosil bo‘luvchi mexanik 
kuchlanganlikdan himoya qilsa, ikkinchi navbatda esa optik kabelni 25…30 yil 
mobaynida xizmat ko‘rsatish jarayonida optik tolalarning uzatish parametrlarini stabil 
holda saqlab turish uchun qo‘llanadi. Bundan tashqari optik kabellarning konstruktiv 
tuzilishi kabel montaji jarayonini oson holda bo‘lishini ta’minlab berishi hamda optik 
kabel narxini kichik bo‘lishi bilan bog‘liqdir. 
Odatda optik kabellar turli informasion tarmoqlarda qo‘llanib ular turli va har 
tomonlama xosil bo‘luvchi hamda muxitni o‘rab turuvchi xavfli ta’sirlar ostida bo‘ladi. 
Shuning uchun optik kabelning konstruktiv tuzilishi turli xil ko‘rinishda bo‘lishi bilan 
birga har qanday tashqi ta’sir jarayonlarida ekspluatasiya qilinuvchi bo‘lishi lozim. 
Bugungi kunda qo‘llanuvchi optik kabellar qo‘llanishi bo‘yicha quyidagi 
guruxlarga bo‘linadi: 
- magistral; 
- hududiy; 
- mahalliy-shahar va qishloq; 
- ob’yekt ichi (lokal); 
- dala sharoitida qo‘llanuvchi. 


Magistral va hududiy optik kabellar kattadan-katta masofalarga turli xil 
ma’lumotlarini uzatish uchun qo‘llanadi, shuning uchun bunday kabellar kichik 
qiymatdagi yuqotuvchanlikga va dispersiyaga (kattadan-katta keng o‘tkazish polosali) 
ega bo‘lishlari lozim. 
Shaharda qo‘llanuvchi optik kabellar asosan stansiyalarni bir-biri bilan bog‘lash 
uchun bog‘lovchi liniya vazifasini bajaradi va ular 5…10 km bo‘lgan kichik 
masofalarda ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanadi. 
Obyekt ichi (lokal) tarmoqlarda turli xil ma’lumotlarni katta tezliklarda korxona 
yoki bitta bino ichida xamda xarakatdagi obyektlarda, lokal hisoblash tarmoqlarida 
qo‘llansa, montaj uchun qo‘llanuvchi optik kabellar esa apparatura va kompyuter ichida 
va bloklar orasida montaj uchun qo‘llanadi. 
Dala sharoiti uchun qo‘llanuvchi optik kabellar esa elektr va optik kabel 
magistrallarda avariya natijasida shikastlangan joylarni va avariya tiklash ishlari bilan 
bog‘lik bo‘lgan joylarda qo‘llanadi.Bundan tashkari dala kabellari berkitilgan aloka 
uchun va xarbiy taktik ishlar uchun qo‘llanadi. 
Optik kabellarni yotqizish sharoiti va ekspluatasiya sharoiti buyicha quyidagi 
guruxlarga bo‘linadi: 
- yer osti; 
- telefon kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziladigan; 
- suv osti; 
- osma; 
- ichki (stansiya uchun). 
Yer ostida yotqiziluvchi optik kabellar hamma kategoriyadagi tuproqli 
yerlarga, uncha chuqur bo‘lmagan daryolarning kechuv joylarida va kemalar 
qatnamaydigan daryolar kechuvida yotqiziladi. 
Ikkinchi guruxga ta’luqli bo‘lgan optik kabellar esa aholi istiqomat qiluvchi 
manzilgoxlardagi telefon kabel kanalizasiyasi ichida, quvurlar ichida, kollektorlarda, 
shaxtalarda va ko‘priklarda yotqiziladi. 
Suv osti optik kabellari esa dengiz magistrallarida, ancha chuqur bo‘lgan suv 
xavzalarida yotqiziladi chunki bunday kabellarning mexanik mustaxkamligi yuqori 
darajada bo‘lishi kerak. 
Osma optik kabellar elektr uzatish liniyalarining yashindan muxofazalovchi 
troslarida va faza simlari ichida, elektrlashtirilgan temir yo‘llarning kontakt 


tarmoqlarida yotqizish uchun osiladi.Bundan tashqari bunday guruxdagi optik kabellar 
shahar sharoitida bitta binodan ikkinchi binoga o‘tish qurilmalarida va havo aloqa 
liniyalarining simyog‘ochlariga yotqizish uchun osiladi, qishloq joylarda esa bunday 
kabellar maxsus tayanchlarga osiladi. 
Ichki yoki lokal tarmoqlari optik kabellari asosan bitta bino ichida yotqizish 
uchun xamda xarakatdagi obyekt ichida yotqizish uchun qo‘llanadi. 
Optik kabelning konstruktiv elementlarini quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin: 
-optik tolaning muxofazalovchi qatlami; 
-optik kabelning o‘zagi; 
-kuchlantiruvchi (qattiqlovchi) elementlar; 
-ajratuvchi qatlamlar; 
-tashqi muxofazalovchi qobiqlar; 
-zirx qatlamlar; 
-gidrofob to‘ldirgichlar. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling