Muhammad al-xorazmiy nomidagsi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1488815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

Glossariy (asosiy atamalar) 
Jarayonlarni boshqarish bloki (Process Control Block – PCB) – jarayonlarni boshqarish uchun OT 
ishlatadigan tizimli ma’lumotlar strukturasi. 
Bajarilishga tayyor (ready) – bajarilishi uchun protsessor resurslarining ajratilishini kutib turgan 
jarayon holati. 
Rejalashtirish – operatsion tizim rejalashtiruvchisi tomonidan protsessor kvant vaqtlarini ketma-
ket taqsimlash. 
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (topshiriqlarni rejalashtirish) – qaysi jarayonlar tayyor jarayonlar 
navbatiga joylashtirilishini aniqlovchi OT rejalashtiruvchisi. 
Ruxsat berilgan (admitted) - tizimga qabul qilinganidan keyin OT dan oladigan jarayonning holati 
(barcha jarayonlar navbatiga kiritilgan). 
Yakunlangan (terminated) – uni bajaradigan dasturning yakunlanishidagi jarayon holati. 
Faollashtirish yozuvi (boshqa nomlar: activation record, stekli qism - stack frame, lokal 
ma'lumotlar maydoni - local data area) bu jarayonning joriy avlodi (ishga tushirilishi)ning lokal 
ma'lumotlarini saqlaydigan stekdagi xotira maydoni. 
Bajarilayotgan (running) – OT boshqaruvidagi kompyuter tizimi protsessorlarida yoki 
protsessorda komandalari bajarilayotgan jarayon holati. 
Jarayonlarni kaskad usulida yakunlash - ota-jarayoni yakunlanganda yoki yo'q qilinganda 
qismjarayonlarini avtomatik ravishda yo'q qilish qoidasini rekursiv ravishda qo'llash natijasida 
jarayonlarni guruhli ravishda yakunlash. 
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (protsessorni rejalashtiruvchi) – keyin qaysi jarayon bajarilishi 
zarurligi va qaysi jarayon protsessorga taqdim etilishini aniqlovchi OT rejalashtiruvchisi. 
Yangi (yaratilgan - new) – operatsion tizim tomonidan yaratilgan, lekin hali bajarilishni 
boshlamagan jarayon holati. 
Kutayotgan (waiting) – qandaydir hodisa sodir bo’lishini kutayotgan jarayon holati, masalan, 
kiritish-chiqarishning tugashini kutish. Kutish holatidagi jarayon protsessorni band qilmaydi. 
Kiritish-chiqarishga yo’naltirilgan (I/O-bound) – hisoblashlarga nisbatan kiritish-chiqarishga ko’p 
vaqt yo’qotadigan jarayonlar. 
Protsessorni ishlatishga yo’naltirilgan (CPU-bound) – asosiy vaqtini hisoblashlarga sarflaydigan 
jarayonlar. 


Kiritish-chiqarishni kutayotgan jarayonlar navbati (device queues) – kiritish-chiqarish qurilmalari 
ishi natijasini kutib turuvchi jarayonlar to’plami (har bir qurilma o’zining navbatini tashkil qiladi). 
Tayyor jarayonlar navbati (ready queue) – asosiy xotiradagi barcha bajarilishga tayyor bo'lgan 
jarayonlar to'plamini o'z ichiga oladi va o’zgartiriladigan navbat. 
Topshiriqlar navbati (job queue) – tizimdagi barcha jarayonlar to’plamini saqlaydi.. 
Kontekstni almashtirish (context switch)– protsessor boshqa jarayonga almashganda, tizim, 
oldingi jarayoning holatini saqlab qolgan holda, yangi jarayon uchun saqlangan holatni yuklab 
olishi. 
Rejalashtiruvchi (scheduler) - jarayonlarni rejalashtirilgan va tayyor holatdan ishlaydigan holatga 
o'tkazadigan OS komponentasi. 
Chiqarish (diskka) va joylashtirish (xotiraga)ni rejalashtiruvchi – qaysi foydalanuvchi jarayonlari 
xotiraga yuklanishi yoki diskka chiqarilishi zarurligini aniqlaydigan OT rejalashtiruvchisi. 
Boshqaruv oqimi (potok) (control flow) – jarayon tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-
ketligi. 
Jarayon (process)– bajarilayotgan foydalanuvchi dasuri. 
Demon-jarayon- tizimning qayta ishga tushirilishigacha tizimda saqlanib turadigan jarayon. 
Ma'lumotlar bo'limi (data section ) - bu operatsion tizim tomonidan jarayonga ajratiladigan, uning 
global o'zgaruvchilari, massivlari, tuzilmalari, ob'ektlarini saqlash uchun asosiy xotiraning statik 
(doimiy ravishda ajratilgan, o’zgarmas o'lchamdagi) sohasi. 
Stek (stack) – asosiy xotiraning rezident sohasi, jarayonni yaratishda operatsion tizim tomonidan 
ajratilgan asosiy protsessorning doimiy maydoni, bu jarayon protseduralarining mahalliy 
ma'lumotlarini, ularning parametrlarini (argumentlarini) va hisob-kitoblarni tashkil qilish uchun 
zarur bo'lgan o'zaro bog'liq ma'lumotlarni saqlaydi. 
Multidasturlash darajasi (koeffitsienti) – vaqt birligida tizimga xizmat ko’rsatuvchi jarayonlar 
soni. 
Buyruqlar hisoblagichi (program counter - PC) – joriy vaqtda bajarilayotgan jarayon buyrug'ining 
manzili, odatda maxsus apparat tizim registrida saqlanadi. 
Xulosa 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling