Mavzu : Jarayon va topshiriqlarni rejalashtirish va
dispetcherlash
(Distsipleni dispetcherizatsie)
REJA:
1. Jarayon tushunchasi
2.
Bitta jarayondan boshqasiga o’tish
3. Jarayonlarni rejalashtirishning grafik ifodasi
4.
Glossariy (asosiy atamalar)
5. Xulosa
Jarayon tushunchasi
Jarayon (process) – bu foydalanuvchining bajarilayotgan (ishlayotgan) dasturi.
Operatsion
tizimlar ishlash vaqtida dasturlar sinfining ko’p sondagisini bajaradi: paketli topshiriqlar; vaqtni
bo’lib olish rejimida foydalanuvchi dasturi, tizimli dasturlar va jarayonlar. Bir qancha o’xshash
tushunchalar mavjud: foydalanuvchi dasturlarni xarakterlovchi dasturlar: jarayon (process),
topshiriqlar (job), masalalar (task). Biroq, bu yerda ularning
orasidagi farqni ajratib
ko’rsatmaymiz: jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini va ularni OTda boshqarishni yaxshiroq
o’rganish uchun, ushbu atamalarni sinonim sifatida ko'rib chiqishimiz mumkin, chunki ko'plab OT
haqidagi adabiyotlarda shunday shaklda ta’riflangan.