Muhammad al-xorazmiy nomidagsi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1488815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

Jarayonning muhim jihati – bu ketma-ket bajarilishi shart bo’lgan hisoblash birligi hisoblanadi, 
ya’ni, har bir jarayon o’zining boshqaruv oqimlari (control flow) ketma-ketligiga ega – jarayon 
tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi. Jarayonlarning parallel bajarilishi bilan ko'plab 
katta vazifalar muvaffaqiyatli hal qilinmoqda, ammo bular haqida biroz keyingi mavzularda 
muhokama qilinadi. 
Operatsion tizim tomonidan yaratilgan va boshqariladigan jarayon quyidagi asosiy ma'lumotlarni 
o'z ichiga oladi: 
Buyruqlar hisoblagichi (program counter - PC) – joriy vaqtda bajarilayotgan jarayon 
buyrug'ining manzili, odatda maxsus apparat tizim registrida saqlanadi; 
Stek (stack) – asosiy xotiraning rezident sohasi, jarayonni yaratishda operatsion tizim tomonidan 
ajratilgan asosiy protsessorning doimiy maydoni, bu jarayon protseduralarining mahalliy 
ma'lumotlarini, ularning parametrlarini (argumentlarini) va hisob-kitoblarni tashkil qilish uchun 
zarur bo'lgan o'zaro bog'liq ma'lumotlarni saqlaydi. 
Stekda navbatdagi protsedura (jarayon) ishga tushirilgach, stekka faollashtirish yozuvi 
(activation record) ajratiladi, shuningdek, joriy avlod (ishga tushirish) jarayonlarining lokal 


ma’lumotlarini saqlash uchun lokal ma’lumotlar maydoni (local data area) va stek freymi (stack 
frame) deb ataluvchi maydonlar ajratiladi. Amalga oshirilgandan so’ng faollashtirish yozuvlari 
stekdan o’chiriladi; 
Ma'lumotlar bo'limi (data section ) - bu operatsion tizim tomonidan jarayonga ajratiladigan, 
uning global o'zgaruvchilari, massivlari, tuzilmalari, ob'ektlarini saqlash uchun asosiy xotiraning 
statik (doimiy ravishda ajratilgan, o’zgarmas o'lchamdagi) sohasi. 
Jarayonning bajariladigan kodi (buyruqlar) dastlab ikkilamchi xotira (disk)da saqlanadi va 
asosiy xotiraga unga murojaat vaqtida to’liq yoki qisman yuklanadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling