Muhammad al-xorazmiy nomidagsi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1488815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

Jarayon holatlari 
Jarayon bajarilayotgan vaqtida o’zining holatini quyidagi ko’rinishda o’zgartiradi: 
Yangi (new): Operatsion tizimda jarayon hosil qilinadi, lekin hali bajarilishi boshlanmagan holati. 
Bajarilishi (running): OT boshqaruvi ostida jarayon buyruqlarining protsessorda yoki kompyuter 
tizimda bajarilishi holati. 
Kutish (waiting): Jarayon ba’zi hodisalarning ro’y berishini kutishi, masalan, kiritish-
chiqarishning tugallanishi. Kutish holatidagi jarayon protsessorni band qilmaydi. 
Bajarilishga tayyor (ready): Jarayon bajarilishi uchun protsessor resurslarini kutib turish holati. 
Jarayonning bajarilishga tayyorlik holatiga yoki uning yaratilishida, yoki kiritish-chiqarishning 
tugallanishida (kutish holatidan keyin) tushib qolishi mumkin. 
Tugallanish (terminated): Jarayon bajarilishining yakunlanishi holati. 
Jarayonning holat diagrammasi 1-rasmda tasvirlangan. 
1-rasm. Jarayon holat diagrammasi. 


Diagrammadan (1-rasm) ko'rinib turibdiki, tizimda yaratilgan yangi jarayon ruxsat berish (qabul 
qilingan, admitted) bosqichdan o'tadi - uni operatsion tizim tizimdagi barcha jarayonlarning 
navbatiga kiritadi, shundan so'ng OT uni bajarilishga tayyor holatga keltiradi. E’tiborga olish 
kerakki, ishlashga tayyor jarayonlar navbati – jarayonlarni boshqarish uchun eng ko’p 
qo’llaniladigan tizim strukturalardan biri hisoblanadi. Jarayon tayyorlik holatidan bajarilish 
holatiga OT rejalashtiruvchisi tomonidan o’tkaziladi, boshqarishni rejalashtirish natijasida 
protsessorning kvant vaqti ajratiladi. Jarayon bajarilish vaqtida uzilish (taymer bo’yicha, xatolik 
natijasida va boshq.) mumkin, OT uzilishlarni qayta ishlab bo’lganidan keyin qaytadan 
bajarilishga tayyorlik holatiga o’tkaziladi. Agar jarayon sinxron kiritish-chiqarishni bajarayotgan 
bo’lsa, yoki biror bir hodisa ro’y berishini kutishi (masalan, aniq vaqt lahzasida) kerak bo’lsa, 
jarayon kutish holatiga o’tkaziladi. Kiritish-chiqarish yakunlanishi bilan yoki kutilayotgan 
hodisaning ro’y berishi bilan, jarayon uchun darhol protsessorning kvant vaqtini olmaydi, balki 
bajarilishga tayyorlik holatiga o’tkaziladi. Jarayon yakunlanish holatiga dastur jarayonlari ishining 
yakunlanishida o’tkaziladi, masalan, exit(c) (bu yerda c yakunlash kodi) tizimli chaqiruv 
natijasida. Agar c = 0 bo’lsa, jarayon muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling