FDD va 100VGAnyLAN texnologiyalari. FDDI (Fiber Distributed Data Interface — optik tola bo’yicha ma’lumot uzatishning taqsimlangan interfeysi) texnologiyasi – bu lokal tarmoqning birinchi texnologiyasi bo’lib, ma’lumot uzatish muhiti sifatida optik tolalar qo’llanila boshlandi. FDDI texnologiyasining asosiy xarakteristikalari. FDDI texnologiyasi ko’p jihatdan Token Ring texnologiyasiga asoslangan va undagi asosiy g’oyalarni rivojlantirgan. FDDI texnologiyasini ishlab chiquvchilar o’z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo’yishgan: - ma’lumot uzatishning bitli tezligini 100 Mbit/s ga oshirish;
- kabelning shikastlanishi, bog’lamaning, konsentratorning xato ishlashi, liniyada yuqori darajada shovqin bo’lishi kabi har xil turdagi buzilishdan so’ng standart tiklash amallari hisobiga buzilishga barqarorlikni oshirish;
- assinxron hamda sinxron hol uchun tarmoqning potensial o’tkazuvchanlik qobiliyatidan maksimal unumli foydalanish.
FDDI texnologiyasi bo’yicha tarmoq bog’lamalar o’rtasida asosiy va qo’shimcha ma’lumot uzatish yo’llaridan iborat optik tolali halqa asosida quriladi. Ikkitalik halqa FDDI tarmog’ining buzilishga barqarorligini oshiradi. Ushbu potensial ishonchliligi oshirilgan tarmoqdan foydalanishni xohlagan bog’lamalar ikkala halqaga ulangan bo’lishi kerak. FDDI texnologiyasida optik tola bo’yicha yorug’lik signallarini jo’natish uchun NRZI kodlashtirishning birikmasidan iborat 4V/5V kodlashtirish yaratilgan. Bu sxema aloqa kanali bo’yicha signalini 125 MGs takt chastotada uzatish imkonini beradi. FDD va 100VGAnyLAN texnologiyalari.
FDDI tarmoqlarida halqa umumiy ajratiluvchi ma’lumot uzatish muhiti sifatida ko’riladi. Bu muhitdan erkin foydalanish usuli Token Ring tarmog’idagi erkin foydalanish usuliga juda o’xshash. FDDI stansiyalari 16 Mbit/s Token Ring tarmog’i kabi tokenni bo’shatish algoritmini qo’llaydi.
5.16-rasm FDDI texnologiyasining yetti pog’onali OSI modelining protokollar stekini aks ettiradi. FDDI fizik pog’ona protokolini va kanal pog’onasidagi muhitdan erkin foydalanish pog’ona osti protokolini (MAS) aniqlaydi. Lokal tarmoqning boshqa texnologiyalari kabi FDDI texnologiyasida LLC mantiqiy kanallarni boshqarish pog’ona osti protokolidan foydalaniladi.
FDDI texnologiyasining buzilishga barqarorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |