Halqa topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini boshqarish Axborot almashinuvini boshqarish usulini halqa topologiyasiga tanlashning o‘z xususiyatlari mavjuddir. Bu holda muhimi shuki, halqaga uzatilgan har qanday paket ketma-ket har bir abonentdan o‘tib ma’lum vaqtdan so‘ng yana shu nuqtaga qaytib keladi, ya’ni paket uzatgan abonentga (chunki topologiya yopiq). Sababi «shina» topologiyasi singari signal ikki tarafga tarqalmaydi. Aytib o‘tish kerakki, «halqa» topologiyasi tarmoqda bir va ikki yo‘nalishga axborot uzatishi mumkin. Halqa topologiyasi «Halqa» topologiyasi–bu har bir komp’yuter aloqa yo‘llari faqat ikkita boshqa komp’yuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo‘llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir komp’yuter o‘ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo‘ylab signalni so‘nish muammosi bo‘lmaydi. Muhimi halqadagi ikki komp’yuter o‘rtasidagi so‘nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, tarmoqdagi hamma komp’yuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u ax-borot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoq-ning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot al-mashinuvini shu zahotiyoq to‘xtatadi. Halqa topologiyali tarmoqda markerli boshqarish usulini ishlashini ko‘rib chiqamiz
1.0‘z paketini uzatishni xohlagan 1 - abonent bo‘sh markemi o‘ziga kelishini kutishi kerak. Shundan so‘ng markerga o‘z paketini qo‘shadi, markemi band deb belgilaydi va uni halqada o‘zidan keyinda joylashgan abonentga jo‘ natadi.
- Hamma abonentlar (2,3,4) paket ulangan markemi qabul qilib, paket ularga manzilanganligini tekshiradilar. Agar peket ularga manzilangan boimasa, u holda olingan marker-paketni halqa bo‘ylab uzatib yuboradilar
- Agarda qaysidir abonent (bizning holimizda 3 - abonent boisin) paketni o‘ziga manzillanganini tanisa, u bu paketni qabul qilib oldi, markerda axborot qabul qilingani haqida tasdiq bitini o‘matadi va marker paketni halqa bo‘ylab uzatib yuboradi.
- Axborot uzatgan 1-abonent butun halqa bo‘lib aylanib chiqqan o‘z paketini oladi va markemi bo‘sh deb belgilab, tarmoqdan o‘z paketini chiqarib tashlaydi va bo‘sh markemi halqa bo‘ylab uzatib yuboradi. Axborot uzatishni xohlagan abonent bu bo‘sh markemi kutadi va yana hammasi qaytadan bayon etilgan ketma-ketlikda davom etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |