Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi


Download 47.01 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi47.01 Kb.
#1754421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizika Dilfuza

6.Rezonans. Majburiy tebranishlar amplitudasining majbur etuvchi kuch chastotasiga bogliqligi shunga olib keladiki, bunda  chastota  chastotaga yaqinlashganda ( ) ( ) ayirma nolga intilib, x0 amplituda esa cheksiz katta ( ) bo`ladi. Haqiqatda esa ishqalanish tufayli majburiy tebranishlar amplitudasi chekli bo`lib qoladi.
Sistemaning majburiy tebranishlari chastotasi hususiy tebranishlari chastotasiga yaqinlashganda tebranishlar amlitudasining keskin ortib ketish hodisasi rezonans deb ataladi. Rezonans ro`y beradigan chastota rezonans chastota deb ataladi.
Rezonans hodisasi har qanday tabiatli tebranishlarda kuzatiladi. Bu hodisadan, masalan, akustikada tovushni kuchaitirishda, radiotehnikada elektr tebranishlarni kuchaitirishda keng foydalaniladi.
Bazi hollarda rezonans zararli tasir ko`rsatadi. Rezonans tufayli inshootlar (ko`priklar, tayanchlar, binolar va boshqalar), mehanizmlar (masalan, stanoklar, motorlar va boshqalar) kuchli titrashi natijasida emirilishi mumkin. Shuning uchun inshootlarni ko`rishda mehanizmlarning tebranish chastotalari bilan inshootlarning hususiy tebranishlari orasida farq bo`lishi taminlanadi.


7.Elastik to`lqinlar. Har qanday (qattiq, suyuq va gazsimon) jismning zarralari orasida o`zaro tutinish kuchlari mavjud bo`lib, zarralar bir–biriga nisbatan siljiganda elastiklik kuchlari yuzaga keladi. Shu sababli qattiq, suyuq va gaz holatdagi muhit elastik muhit deb ataladi.
Agar elastik muhitning biror joyidagi zarra tebranma harakatga keltirilsa, u holda elastiklik kuchlari tufayli zarraning tebranishlari muhitning qo`shni zarralariga uzatiladi. Biror vaqtdan so`ng tebranishlar butun muhitga tarqaladi. Mexanik tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoni mehanik to`lqin deb ataladi.


8.Ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlar. Zarralarning tebranishi to`lqin tarqalayotgan yo`nalishga nisbatan qanday yo`nalganligiga qarab to`lqinlar ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlarga ajratiladi. Ko`ndalang to`lqinlarda muhitning zarralari to`lqin tarqalayotgan yo`nalishga perpendikuljar yo`nalishda tebranadi. Shnur bo`ylab tarqalayotgan to`lqin ko`ndalang to`lqin bo`ladi. Bo`ylama to`lqinda muhitning zarralari to`lqin tarqalayotgan yo`nalish bo`yicha tebranadi. Bo`ylama to`lqinni katta diametrli uzun yumshoq prujina yordamida kuzatish qulay. Prujinaning erkin uchiga kaft bilan urib qo`yilsa, prujinaning siqilishini prujina bo`ylab tarqalishini kuzatish mumkin. Prujina uchiga ketma–ket bir necha marta urib, uning prujina bo`ylab ketma–ket tarqaluvchi siqilish va chuzilishlardan iborat to`lqinlarni yuzaga keltirish mumkin.


Download 47.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling