mukammal qilgan dinini mukammal qiladi, namozini buzgan dinini ham buzadi», deganlar.
O'g'lim Musomurod! Har bir narsaning poydevori bo’ladi. Dinning poydevori namozdir.
O'g'lim, shuning uchun, yuqoridagi oyati karimaga binoan ota-onalar farzandlariga, ahliga namoz
o'qishni buyurib, dinimiz buyruqlarini bajarishga tashviq etishlari kerak. Bu tamal, bu tirgak qanchalik
sog'lom bo'lsa, insonning Allohga muhabbati ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Har bir namoz
o'quvchi, Allohning amrini bajaruvchi saodatmand bo'ladi.
Ota-ona doimo farzandlariga shu saodat yo’llarini ko'rsatib, insonlarni falokatdan qaytaradilar.
Chunki har bir ota-ona farzandiga mas'uldir, oilasi, farzandlarining cho'ponidir. Cho'pon suruviga
mas'ul bo'lganidek, ota-ona qo'l ostidagilarga mas'ul. Rasulullohimiz(s.a.v.) ham bir muborak
hadislarida: "Har biringiz cho'ponsiz. Har biringiz o'z qaramog’ingizdagilarga mas'uldirsiz.
Hukmdor cho'pondir. U o'z raiyasiga mas'uldir. Er o'z ahliga mas'uldir. Ayol eri(ning)
uyida cho'pondir. U uyga mas'uldir. Har biringiz bir cho'ponsiz va qaramog'ingizdagilarga
mas'uldirsiz!" deganlar.
O'g'lim Musomurod! Bu dunyo mas'uliyat dunyosi. Ota-ona farzandlarini to'g'ri yo’lga boshlaydi.
To'g'ri yo'ldan adashsa, ota-onaga itoat qilmasa, jahanhamga tushadi. Bu yo’lda ota-onaga itoat
etmas ekan jahannamdan qutilish yo'q.
O'g'lim! Hayotda rizq uchun talashib o'zingni ovora qilma! Rizq beruvchi Allohdir. Sen harakat qilish
O’g’limga 12 nasihat. Muhammad Kamol
www.ziyouz.com кутубхонаси
16
yo’lidan bor, shu sening rizqingni topib beradi, rizq eshigini mehnat ochadi.
Toho surasi 132-oyatida Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |