«Biz seni rizqlantiramiz», deb marhamat qiladi.
Sen namozingni o'qi, Haqqa ko'ngil ber, ishla, qayg'udan yiroqlashib rizqingni Rabbingdan so'ra,
rizq beruvchi Udir, rizq talashmasdan "Allohu akbar" nidosi bilan rukuga, sajdaga bor.
Kahf surasining 4-oyati karimasida: «Hamma narsa sababdir», deya marhamat qilinganidek,
sabablarga tavassul et, rizq uchun harakat qil. Hamma narsa harakatdan vujudga keladi, sunnati
ilohiy ham shudir.
O'g'lim Musomurod! Ekmasang, tikmasang, ishlamasang biror narsani qo’lga kiritolmaysan.
Hamma narsani Allohdan so'raysan, Unga ibodat qilasan. Rizqing uchun ham ishlashing kerak. Haq
beradi, xalqdan so'rash yo'q. Allohga yolvorasan, keyin qo'lingni ochib berilgan quvvat va qudrat bilan
U ko'rsatgan yo'ldan ketasan. Ha, qul Haqdan so'rasa, haqiqiy qul bo’ladi. Xalqdan so'rasa, mushrik
bo’ladi, Zero, rizq beruvchi Allohdir. Harakat qilish vosita, xolos.
O'g'lim Musomurod! Sevimli Payg'ambarimiz(s.a.v.): «Rizq eshiklari yopiq. Sa'y-harakat uning
kalitidir», deganlar. Oila boshlig'ida farzandini dinga da'vat qilish vazifasi bo'lganidek, dunyoviy
ishlarda ham Alloh buyurgan yo’lga boshlash ota-onaning vazifasidir. Sen ham bu dunyoda halollik
yo’lini izla va shu yo'ldan borib rizq eshiklarini och. Ota-ona shu pokiza yo’lga boshlashga mas'ul. Sen
ham ular ko'rsatgan yo'ldan borishga mas'ulsan. Shu mas'uliyat seni jahannam azobidan qutqaradi.
O'g'lim Musomurod! Umuman olganda, ota-onaning haqiqiy vazifasi shudir. Allohdan qo'rq,
namozingni o'qi, ro'za tut. Ayni paytda, dunyoni tashlama. Uning ichida turib, oxirat uchun hozirlik
ko'r. Ham dining, ham dunyoing uchun ishla. Mana shu yo'l to'g'ri yo'ldir. Dunyo ishlarida ham Allohni
unutma. Allohdan qo'rqib, U ko'rsatgan yo’ldan yurishga harakat qil. Mana shu usul saodat yo'li,
Qur'oni karim yo'li, oila boshlig'ining vazifasi sanaladi.
Sevimli o'g'lim! Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham shu xayrli yo'lga da'vat etuvchi oila boshliqlarini duo
qilib: «Alloh taolo xayrli ishlarga ko'maklashadigan otaga marhamat qilsin», deganlar.
Aziz dilbandim! Ota-ona fidokorlik bilan senga yaxshilikni ko'rsatarkan, isyon qilsang joying
jahannamda bo'ladi, undan aslo qutulolmaysan.
Payg'ambarimiz(s.a.v.) oila boshliqlarining vazifalari haqida: «Farzandlaringizni Alloh va
Do'stlaringiz bilan baham: |