Muhammad muso al-xorazmiy


OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI


Download 3.77 Mb.
bet4/5
Sana15.10.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1704285
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-МАВЗУ. МУЗЕЙ ИШИ ТАРИХИ

OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI
Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomi bilan nomlangan. Muzey Toshkentda yashagan knyaz Nikolay Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va hay kaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan.
Muzeyda Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati, rus sanʼati, Gʻarbiy Yevropa sanʼati, Xorijiy Sharq xalklari sanʼati boʻlimlari, xazina, taʼmirlash ustaxonasi, fotolaboratoriya bor, lektoriy tashkil etilgan.
O'ZBEKISTON AMALIY SAN'AT VA HUNARMANDCHILIK TARIXI DAVLAT MUZEYI 
Muzey 1937-yilda Toshkent shahrida ochilgan muvaqqat hunarmandlik koʻrgazmasi zaminida amaliy sanʼat muzeyi tashkil qilingan.
1960—97 yillarda Oʻzbekiston Mahalliy sanoat vazirligi tarkibida boʻlib, "Oʻzbekiston amaliy sanʼat asarlari doimiy koʻrgazmasi" deb atalgan.
1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzurida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etilgan.
Muzey eksponatlari badiiy jihatdan 3 guruhga bo’lingan:
Qadimdan davrlardan XX asr boshlarigacha bo’lgan davrda yaratilgan sanʼat asarlari;
XX asr 2-yarmidan xalq ustalari anʼanaviy uslubni yoʻqotmagan holda oʻz ijodi bilan rivojlantirib yaratilgan sanʼat asarlari;
Hozirgi kun amaliy sanʼat taraqqiyotidan kelib chiqib zamonaviy sanʼat talablari darajasida yaratilgan sanʼat asarlari.
Ular 20 nomdagi (kulollik, chinnisozlik, shishasozlik, kashtadoʻzlik, doʻppi, matoga gul bosish — chitgarlik, badiiy mato, milliy kiyim, gilamchilik, yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik, lokli miniatyura, zargarlik, kandakorlik, pichoqchilik va boshqalar) toʻplamda saqlanadi va muzey ekspozitsiyasi ham shu nomlar boʻyicha namoyish etiladi.
TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI
Muzey 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O’zR birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida bunyod etilgan.
Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qo’lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Eksponatlarning soni 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “O’zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal’a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar va yozuvchilar nazarida” kabi ko’rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda.


Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling