Muhammad muso al-xorazmiy


OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI


Download 3.77 Mb.
bet3/5
Sana15.10.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1704285
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-МАВЗУ. МУЗЕЙ ИШИ ТАРИХИ

OʻZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI 
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomi bilan tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirilgan. Unda etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlkasi xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirilgan. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969-1992-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etilgan.
OʻZBEKISTON MADANIYATI VA SANʼATI TARIXI DAVLAT MUZEYI
1896-yilda Samarqand statistika qoʻmitasi muzeyi sifatida ochilgan.
1911-yildan Samarqand shahri muzeyi,
1921-yildan Samarqand viloyati muzeyi,
1927-yildan oʻlka muzeyi,
1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy davlat muzeyi,
1937-yildan Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi.
1945-yildan Oʻzbek xalqi madaniyati respublika muzeyi,
1955-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi respublika muzeyi;
1968-yil A.Ikromov nomi berilgan;
1969-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi nomda. 1978-yildan Registon maydonida muzey uchun maxsus qurilgan binoda (meʼmori M.S.Bulatov); umumiy maydoni 10 ming kv.m. ekspozitsiya va koʻrgazma zallari maydoni 5 ming kv.m.
2009-yildan muzey Samarqand shahri Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 148-uyda faoliyatini olib bormoqda.
OʻZBEKISTON MADANIYATI VA SANʼATI TARIXI DAVLAT MUZEYI
Ushbu muzey "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi yeng yirik muzey boʻlib,
unda quyidagi ekspozitsiyalar tashrif buyuruvchilar uchun xizmat koʻrsatib kelmoqda:
Mustaqillik ekspozitsiyasi,
Oʻzbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida,
Oʻzbekistonda temirchilik tarixi va metallga badiiy shlov berish sanʼati,
Markaziy osiyoda yozuvni paydo boʻlishi tarixi,
Oʻzbekiston tasviriy sanʼati durdonalari,
Nafis matolar jilosi,
Oʻzbekistonda anʼanaviy milliy kiyinish madaniyati,
Oʻzbekiston kashtachilik sanʼati,
Oʻzbekiston zargarlik sanʼati,
Amir Temur maqbarasini oʻrganilish tarixidan va boshqalar.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling