Muhammad muso al-xorazmiy


Download 3.77 Mb.
bet1/5
Sana15.10.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1704285
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-МАВЗУ. МУЗЕЙ ИШИ ТАРИХИ

    Bu sahifa navigatsiya:
  • REJA

O’ZMU TARIX FAKUL’TETI MANBASHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK KAFEDRASI

MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK

FANIDAN

O‘ZBEKISTONDA MUZEY ISHI TARIXI

Ma’ruzachi: T.f.d. prof.v.b. Xamidova M.S.

REJA:

  • Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi.
  • Sovet davrida O’zbekistonda muzey ishi rivojlanishi. O’zbekistonning Davlat va nodavlat muzeylari.
  • Mustaqillik davrida muzey ishidagi o‘zgarishlar. Mustaqillik yillarida tashkil topgan muzeylar.

TURKISTONDA DASTLABKI MUZEYLARNING VUJUDGA KELISHI
Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi XIX asr oxirgi choragiga to’ri keladi.
Ammo XIX asr boshlaridan Turkistonni ruslar tomonidan bosibolish va o’lkani chuqur tadqiq etish rejasi tuzilgan bo’lib, maxsus missiyalar uyushtirila boshlangan. Ularga o’lka tarixiy moddiy-ma’naviy boyliklari haqida ma’lumotlarni to’plash va turli yo’llar bilan qo’lga kiritilgan yodgorliklarni markazga, Moskva va Sankt-Petterburgdagi muzey hamda kutubxonalarga tashib ketish boshlangan edi. Xususan, Peterburgdagi Osiyo muzeyining direktori, sharqshunos olim X.D.Fren 1834-yil O’rta Osiyodan izlab topilishi mumkin bo’lgan sharq mualliflariga mansub «Yuz asarning xronologik ruyxati»ni tuzib chiqadi. Ma’muriyat tomonidan Orenburg bojxonasiga Turkistonga savdogarlar yo’llash va kursatilgan qulyozmalarni Peterburgga yuborish haqida farmoyish beriladi. Bu O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy yodgorliklarning olib kelinishining birinchi bosqichi edi.
Turkistonning bir qismi Rossiya Imperiyasi mustamlakasiga aylantirilgandan so’ng, 1869-yildan mazkur masalada planli choralar ishlab chiqiladi. O’lkaga sohasining etuk mutaxassislarini jamlagan ilmiy eksprditsiyalar, harbiy harakatlarda ishtirok etgan soldat-ofitserlarga tavsiyanomalar berilib, O’rta Osiyo xalqlari tarixiy-madaniy merosi namunalarini yig’ish va markazga jo’natish masalasida kata vakolatlar berilgan.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling