Muhammad yusuf ijodining zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi o‘rni


Download 13.1 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.1 Kb.
#1504444
Bog'liq
Sayliboyeva Kumush


MUHAMMAD YUSUF IJODINING ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDAGI O‘RNI
Sayliboyeva Kumush Oqiljonovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada atoqli o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf ijodining adabiyotimizda, xususan, zamonaviy o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: shoir, she’r, she’riyat, she’riy to‘plamlar, ijodiy meros.
Muhammad Yusuf o‘zining go‘zal va beqiyos she’rlari, nodir iste’dodi bilan xalqimiz qalbidan joy ololgan o‘zbek shoiridir. Jonajon Vatanini dildan suygan, o‘tli misralari bilan muxlislarini poklikka, ezgulikka chorlagan,o‘zbek adabiyotining bulbulzabon shoirlaridan biri Muhammad Yusuf edi. Agar shoir hayot bo`lganida bu yil 69 yoshda boʻlar edi. Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z, hayotidagi har bir hodisa she’riyat edi. U go‘yo, osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgan.
U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi. So’ngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko’nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko’p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg’onchi yor” (1994) kabi she’riy to’plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli she’riy to’plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998 yili Muhammad Yusufga “O’zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.
Muhammad Yusuf qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, undan ulkan ijodiy meros qoldi. Shoirning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlariga jamlangan she’rlari bugun keng kitobxonlar qalbida ,,navo” bo‘lib yangramoqda. Shoir she’rlari qaysi mavzuda yozilmasin, kishi hayotiga insoniy mazmun baxsh etadigan tuyg‘ular, avvalo, mehr va muhabbatni tarannum etadi. Ayniqsa, ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning, onaning mehridek iliq, u bir aka bo‘lib, bir o‘gil bo‘lib bu mehrga javob berdi.
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri
Ilig‘imsan, Vatanim.
Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘zining samimiyligi, soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning «Vatanim», «Xalq bo‘l, elim», «Dunyo», «Inshoolloh», «O‘zbekmomo», «Iqror», «Tilak» singari o‘nlab she’rlari chinakam she’riyat yurtni qanday kuylamog‘i lozimligini isbotlagan asarlar bo‘lib qoldi.
Muhammad Yusuf ham bor-yo‘g‘i 47 yil umr ko‘rdi, biroq bu umr bir dilbar shoirning tug‘ilishi, kamol topishi, o‘zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi…
Ol , deya bir kun Egam , osmonga uchsa ruhlarim ,
Bir ajib moviy diyor bo‘ynini quchsa ruhlarim ,
Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur, yulduzlari anduhlarim ,
Gul o`pib , gul yopinib har dilda mozorim qolur ,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur…

Muhammad Yusufning o‘zi bugun oramizda yo‘q , ammo Ozbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad aytganidek, Muhammad Yusuf deb atalmish SHE’RIYAT bor . Shoir muxlislari qalbida qo‘shiq bo‘lib yashaydi .


O‘zi o‘lsa o‘lar,
So‘zi o‘lmaydi,
Hamisha barhayot nasl-shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi-
Yurakka ko‘milar asl shoirlar…
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. M.Yusuf “O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim” G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti Toshkent – 2000 y.

  2. M.Yusuf “Xalq bo‘l elim” “O‘zbekiston” Toshkent – 2005

  3. Sh.Sariyev “Adabiyot fanidan yaxlit o‘quv-didaktik majmua” “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2014

  4. www.ziyonet.uz

Download 13.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling