Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Penetratsiya – plastik gruntlarni konsistentsiyasini (o’z shaklini saqlab 
qolish xususiyatini) aniqlash uchun ma’lum yuk osilgan kuch bilan standart ninani 


162 
namunaga bosib qancha ichiga kirganligini aniqlash. Jinsni har bir turini 
shtamplarni bosishiga qarshiligini sinash kerak. Jins massivlarini sindiruvchi 
darzliklarni yig’indisi tog’ jinslarining darzliligi deyiladi. Darzlilik darajasi boshqa 
tektonik buzilmalar bilan birgalikda jins massivi strukturasini, qattiqligi va 
chidamliligini (deformatsiyaga bardoshligi, suv o’tkazuvchangligi, namligi, 
seysmik mustahkamligi va b.) xarakterlaydi.
Darzliklarni ochiqlik (bir biri bilan bog’langanlik) darajasi imkon 
bo’lganda jinsni sindirish orqali aniqlanadi. Darzliklar yopiq (gohida zo’rg’a 
ko’rinadigan) va ochiq turlarga bo’linadi: a) kappilyar, eniga 0,25 mm.dan ko’p 
bo’lmagan; b) nokappilyar, eniga 0,25 mm.dan ko’p bo’lgan. Agar darzlikni ichi 
qandaydir material bilan to’lmagan bo’lsa uni chuqurligini o’lchash mumkin.
Ochiq darzlikning chuqurligini o’lchash mumkin, masalan unga yupqa 
lenta tushirish orqali. Darzliklarni yozishda (tasvirlashda) uni shakli, devorlarini 
yuzasi (silliqligi, g’adir budirligi,yaltiroqligi va b.), darzlik yuzasida qoplamalarni 
(temirli-zangli, ohakli va b.) mavjudligi, qoplamalarga bog’liqligi, darzlikni 
to’ldiruvchi va uni chuqurlik sari shaklini xarakterli tomonlariga baho beriladi. 
11-chizmada (rasmda) yirik darzliklar (yoriqlar) tizimi bilan bloklarga 
bo’lingan ohaktosh massivi ko’rsatilgan. Darzlilik rivojlangan uchastkalar, 
nisbatan yirik darzliklar rasmga olinadi yoki eskizi chiziladi. Yer yuzida ochiq 
joylashgan tog’ jinslaridagi, kesmalardagi va boshqa bunday darzlik bor joylar 
nomerlanadi va jurnalga tarqalgan joyi yozib qo’yiladi. Darzliklarni uchrash 
chastotasi soni o’rganilayotgan maydon o’lchamiga qarab boholanadi. Odatda, 
darzliklar rivojlangan 5 - 10 ta uchastkalar tanlanib masshtabga amal qilgan holda 
eskizlari chiziladi. Bir vaqtning o’zida darzliklarni soni va eni o’lchanadi, tog’
jinsi darzliklarini ko’rsatkichlari hisoblanadi va bunda quyidagi ko’rsatkichlardan 
foydalaniladi:
1) darzlik (yoriq) modulidan, 1939 yilda A.I.Silin-Bekchurin tomonidan 
taqdim etilgan, ya’ni tog’ jinsining 1 p.m ga to’g’ri keladigan darzliklar
(yoriqlar) soni; 


163 
2) solishtirma cho’zilishdan, 1951 yilda A.V.Korolev tomonidan taklif 
qilingan, ya’ni ochiq darzliklar hajmini tog’ jinsi hajmiga nisbati bilan foizlarda 
ifodalanadi; 
3) darzliklar zichligidan: tog’ jinslarini darzliligining intensivligini eng 
ob’ektiv - hajmli kriteriyasidan. U jinsni ma’lum bir hajmini kesib o’tuvchi barcha 
darzliklar devori maydoni (yuzasi) miqdorini yarmini uning o’lchamiga nisbati 
bilan belgilanadi (aniqlanadi).Zichlik yuzasi sm/sm2 da o’lchanadi;
4) darzliklarni quyyuqligidan (zichligi,ko’pligi) – bu darzli jinsni l 
bo’limida joylashgan barcha darzliklarni to’liq uzunligini S bo’limni ikki baravar 
ko’paygan maydoniga nisbatidir: 
G=l/2S
Darzlikning zichligi jinsni tarkibiga, zichlanish darajasiga, qalinligiga, 
metamorfizmga, strukturaviy sharoitiga, o’z ichiga olgan muhitning tarkibi va 
xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
5) quyidagi formula bilan darzliklarni solishtirma zichligi aniqlanadi:

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling