Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Q = U
pr t sr , bunda: U pr - o’rganilayotgan kesmaning 1m uzunligini bir yo’nalishdagi darzliklari soni (20-50 p. m o’rganilayotgan kesmaning 1 p. m ga to’g’ri keladigan darzliklarning o’rtacha soni olinadi); t sr - darzliklarning o’rtacha kengligi; 6) darzlikni g’ovaklik koeffitsientidan, tog’ jinslarini suv o’tkazuvchangligi orqali baholanadi va u darzlik maydonini jins maydoniga bo’lgan nisbati orqali aniqlanadi; 7) darzliklar sonidan, chuqurlik birligiga quduq bilan kesib o’tiladigan jins kerni orqali aniqlanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki bu nisbiy ko’rsatgichdir, chunki burg’ilash davomida kern sinadi (buziladi); 8) kernni chiqish foizidan - foizlarda keltirilgan, olib chiqilgan kern uzun- ligini reys uzunligiga nisbatidan. Undan faqat tog’ jinsini bilvosita (aniq) va taxminiy tavsifi sifatida foydalanish mumkin. Shuning uchun boshqa usullar bilan darzlilik darajasi mavjudligi aniqlanganda kernni chiqishi yordamchi ma’lumot sifatida ishlatilinadi. 164 9) suv miqdoridan, quduqni burg’ilash (yuvuvchi eritmani yutilishi (singib ketishi) yoki quduqqa suv quyish tajribasi vaqtida 1 p.m quduq stvolidagi suv yutilishi (solishtirma suv yutilishi); 10) darzli jinslarning fil’tratsiya koeffitsientidan, gidrogeologiyada ishlab chiqilgan usullar bilan aniqlanadi; Tog’ jinslarining barcha ko’rsatib o’tilgan miqdoriy darzlik darajasi: - jinslarni darzlik darajasini solishtirib boholash uchun; - klassifikatsiyalash maqsadida; - jinsning xususiyatlarini yaxshilash uchun turli usullarni qo’llash darajasini aniqlash uchun (masalan: darzli jinslarni sementlash) foydalanilishi mumkin. Muhandis-geologik yozish ishlarida jinsni ichida tarqalgan boshqa shakllarga - kavernlar, jeodalar (12 rasm), kanallar, g’ovaklarga ham e’tibor qaratiladi; ularni shakllari, xarakterli tomonlari, ma’lum tarkibli jinslarga bog’liqligi ta’kidlab o’tiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling