Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrogeologik sharoitlar
Geologik tuzilishlar - hosil bo’lish sharoiti, tarkibi, tog’ jinslari (gruntlar)
yotish sharoiti, ularni darzbardoshligi, tektonika xususiyatlari, geodinamik hodisalar, ularni hosil bo’lish sabablari, omillarni inshoot turg’unligiga ta’siri. Gidrogeologik sharoitlar – grunt suvlarini joylashish chuqurligi, ularni rejimi, minerallashganlik darajasi. 185 24.2.Gruntlarning fizikaviy - mexanikaviy xususiyatlari. Gruntni qurilish materiali sifatida bahosi. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining vazifasi va umumiy ko’zlangan maqsadi turli muhandislik inshootlari uchun umumiydir. Ammo inshootning turiga qarab, muhandislik - geologik qidiruv ishlari yo’nalishi va ko’rinishlari ma’lum xususiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Har qanday qurilish loyihasi bir necha bosqichlarda olib boriladi: Texnikaviy – iqtisodiy doklad; Loyihaviy topshiriqlarni tuzish; Texnikaviy loyihani ishlab chiqish. Oxirgi ikki bosqich odatda - texnikaviy - ishchi loyihalashga mujassam- lanadi. TIL - bosqichida - arxiv, fond va adabiyot materiallarini tabiiy sharoit haqidagi ma’lumot asosida qurilishni texnikaviy imkoniyati, iqtisodiy va ekologik jihatlari ko’rib chikiladi. Bu bosqichda maxsus muhandislik - geologik qidiruv ishlari kamdan - kam olib boriladi. Odatda maxsus muhandislik - geologik qidiruv ishlari yirik inshootlar qurishda yoki murakkab tabiiy sharoitlarda olib boriladi. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarining loyihaviy topshiriq qismi, TIL bosqichida ko’zda tutilgan “tanlovli” uchastkalarda bajariladi. Ishdan maqsad eng maqbul muhandislik - geologik sharoitli maydonni tanlab olishdir. Muhandislik - geologik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida, loyihalashning bu bosqichida inshootning asosiy yordamchi elementlarni joylashtirishni, poydevorning turi va konstruktsiyasini tanlab olishlari, yer ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasini eng ratsional usullarini tanlab olishlari mumkin. Bu bosqichda dala muhandis-geologik qidiruv ishlari o’tkazilib, asosiysi, muhandislik - geologik s’yomkadir. Texnikaviy va texnikaviy - ish loyihaviy bosqichda muhandislik - geologik qidiruv ishlari tugallangan tanlangan uchaskada olib borilib, faqat inshoot chegarasi hududlarida olib boriladi. Asosiy e’tibor gruntlarning fizikaviy - mexanik xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad inshootning, qiya joylarni turg’unligini hisoblashdir. Ulardan tashqari, ishchi chizmasi bosqichida, 186 bu davrda boshlanayotgan qurilish jarayonida kelib chiqadigan muhandislik- geologik masalalariga aniqliklar kiritiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling