Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
S = P tg
QС; (20.5) Bunda, S –qovushoqlik kuchi, Mpa. Gilli jinslarning ichki ishqalanish burchagi , yopishqoqlik kuchi S ni topish uchun, qumlar yopishqoqligini aniqlagandek bir - biriga o’rnatilgan va ustki qismi suriluvchan silindr tekshirilayotgan jins bilan to’ldirilib, siljituvchi asbobga o’rnatiladi va unga vertikal kuch R, siljituvchi kuch S ta’sir ettirilib, siljishga qar- shilik kuchi topiladi. Bu tajribani R 1 , R 2 , R 3 , va x.k.z Rp - vertikal kuchlar ta’sirida bir necha marta takrorlash natijasida sil-jishga qarshilik kuchlari 1 , 2 , 3 , ... п larni aniqlanib, bular bilan vertikal kuchlar orasidagi bog’lanishni ifodalovchi grafik tuziladi (20.3-rasm). Grafikdan ma’lumki, to’g’ri chiziq koordinata boshidan o’tmay, bir oz yuqoridan boshlanib, ordinata o’qini bir qismini kesib o’tadi. Ana shu ordinata o’qidagi kesmaga to’g’ri keluvchi kuch tog’ jinsining zarralari orasidagi yopishqoqlik kuchi deb ataladi va S bilan belgilanadi. 20.3 - rasm. Gilli jinslarning siljishga sarshilik kuchi bilan vertikal bosim orasidagi bog’liklikni ifodalovchi grafik 159 Topilgan nuqtalarni koordinatalar boshi bilan tutashishidan hosil bo’lgan 1 , 2 , 3 – burchaklar surilishi qarshiligi burchaklari deb ataladi va bu uchburchakning tangensi - tg - surilish qarshiligi koeffisienti deyiladi. Ba’zi mutaxassislar jinslarning siljishiga pishiqligini surilish qarshiligi burchagi va koeffitsienti bilan baholashni tavsiya etadilar. Jinsning siljishiga pishiqligini aniqlovchi ko’rsatgichlar o’zgaruvchan bo’lib, jinsning xiliga, mineralogik va granulometrik tarkibiga, namligiga, g’ovakligiga va strukturasiga bog’liqdir. Yumshoq, plastiklik gillarda ichki ishqalanish koeffitsienti 0,1 - 0,2 bo’lishi mumkin. Ichki ishqalanish burchagi , 5 0 ...10 0 dan ortmaydi. Qattiq plastikli gillar uchun mos ravishda 0,4...0,5 va 15 0 ...35 0 ga to’g’ri keladi. Gilli tog’ jinslarining qovushoqlik qiymati ko’p hollarda 0,05 dan - 0,15 Mpa gacha bo’ladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling